Dinamo - SHo'rtan uchrashuviga xotin-qizlar bepul kiritiladi
06 mar 2017 14:12
Yangiliklar
Dinamo - SHo'rtan uchrashuviga xotin-qizlar bepul kiritiladi
Samarqanddagi Dinamo stadionida o'tadigan chorshanba kungi uchrashuvning
ochilish marosimi tadbiri 15:30 boshlansa, o'yinning boshlanish vaqti 16:00da
belgilangan. Qayd etish joiz, 8 mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Dinamo - SHo'rtan uchrashuviga kirish xotin-qizlar uchun bepul bo'ladi.
Bir haftadan buyon Dinamo stadioni kassalarida ushbu uchrashuvga chiqarilgan chiptalar sotuvi boshlangan. CHipta bahosi 5 ming so'm bo'lib, naqd pul va terminal orqali savdo amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Professional Futbol Ligasi hakamlar qo'mitasi ushbu uchrashuvga tayinlangan hakamlar brigadasini malum qildi.
Unga ko'ra, Dinamo - SHo'rtan uchrashuvini toshkentlik Vadim Agishev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Timur Galleev va Akbar Po'latovlar yordam berishadi.
Uchrashuv nazoratchisi etib Dmitriy Roman tayinlangan bo'lsa, PFL vakili esa Aleksey Frolov.
Oliy Liga. 2-tur. 8 mart (chorshanba)
Dinamo (Samarqand) – SHo'rtan (G'uzor)
Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent), Anatoliy Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: Aleksey Frolov.
Fikrlar