So’nggi yangiliklar

13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  0 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  0 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   0 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  2 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  12 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1

"Dinamo" oliy ligaga qaytdi! Yangiliklar

"Dinamo" oliy ligaga qaytdi!

Teglar :  Birinchi ligaDinamo
Birinchi Liga 35-turi doirasida Samarqandda Yozyovon-Lochinlari jamoasini qabul qilgan Dinamo jamoasi yirik hisobda g'alabaga erishib, oldinda yana uchta o'yin bo'lishiga qaramay, muddatdan oldin Oliy Ligaga kaytdi.
Bevosita uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsak, bahsni hujumkor boshlagan vakillarimiz o'yinning dastlabki daqiqalaridanoq golli vaziyatlar yaratishdi. 15-daqiqaga kelib esa jamoa va chempionat to'purarlaridan biri Amirjon Safarov hisobni ochishga erishdi, 1:0.

Goldan ruhlangan mezbonlar hujumkorlikni to'xtatishmadi va oradan 8 daqiqa o'tib, qanotdan yoshlar terma jamoasi azosi Saidjamol Davlatjonov tomonidan etkazib berilgan to'pni Viktor Klishin bosh bilan raqib darvozasiga kiritdi, 2:0.

O'yinning 32-daqiqasida esa raqibning kam sonli hujumlaridan biri himoyachi Akmal Bozorovning kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yishiga sabab bo'ldi, 2:1.

Ikkinchi bo'limda Dinamo bosh murabbiyi Ilhom SHaripov bir qator o'zgarishlarga qo'l urdi va bu o'zini oqladi. 68-daqiqada Alisher Xoliqov burchakdan Omadjon Tayloqov tomonidan etkazib berilgan to'pni bosh bilan Yozyovon-Lochinlari darvozasiga kiritib hisobni 3:1ga etkazdi.

83-daqiqada esa aynan Alisher Xoliqovning to'p oshirishidan so'ng Mirkomil Lokaev tezkorligi evaziga tablodagi hisobni 4:1 ga etkazib, samarqandlik muxlislarning bayramni boshlashlariga amalda ruxsat berdi.

Zero, aynan ushbu g'alabadan keyin Dinamo jamoasining turnir jadvalidagi ochkolari soni 78 taga etdi va Samarqand klubi eng yaqin taqibchisi bo'lmish Norin jamoasini 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. Dinamoning so'nggi turda Cementchi, qoldirilgan o'yinlarda esa Kosonsoy va Xotira-79 jamoalariga qarshi qanday hisob qayd etishidan qatiy nazar jamoamiz rasman Oliy Liga yo'llanmasiga ega chiqdi. CHunki yaqin taqibchi Norin hisobida ikkita o'yin bor va raqib bu bahslarda g'alaba qozongan taqdirda ham o'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik aynan Dinamoda sanaladi.

SHunday ekan, oldinda uchta o'yin bo'lishiga qaramay, Dinamo jamoasi va uning barcha muxlislarini Samarqand klubining bir yillik tanaffusdan so'ng yana Oliy Ligaga qaytgani bilan tabriklaymiz!

5 noyabr kuni Dinamo Samarqandda Cementchi klubini qabul qiladi va aynan ushbu bahsdan keyin Samarqandda chempionatning yopilish marosimi o'tkaziladi.

Birinchi Liga. 35-tur

2 noyabr (chorshanba)

DINAMO - YOZYOVON-LOCHINLARI - 4:1

Samarqand, 2000 tomoshabin.

Bosh hakam:
Ishoq Ibragimov (Nukus)

Gollar: Amirjon Safarov 15, Viktor Klishin 23, Alisher Xoliqov 68, Mirkomil Lokaev 83 – Akmal Bozorov (avt, 32).

Dinamo: Mixail Naumov, Akmal Bozorov, Aleksey Nikolaev, Mirkomil Lokaev, Firdavs Abdusalimov (Ubaydullo Nabiev, 58), Iskandar Xolmirzaev (Jasur Azimov, 46), Omadjon Tayloqov (Komil SHarofutdinov, 78), Saidjamol Davlatjonov (Jonibek Ko'chimov, 56), Doston Ibragimov, Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 64), Amirjon Safarov.

Yozyovon-Lochinlari: A.Faxriddinov, YO.Yoraliev, U.Hoshimov, Z.Ismoilov, B.Abdumannonov, SH. Abdurahmonov, B.Madrahimov, D. Xolmatov, B. Rasulov, J.Saidov, A.Fayzullaev.

Nazoratchi: A.Klepikov (Toshkent).


Turnir jadvali

#            
Jamoa                       
O'yin      
G'alaba    
Durang    
Mag'lubiyat    
T-N Ochko   
1 Dinamo 29 25 3 1 82-17      
78
2 Norin 30 23 3 4 60-26 72
3 Cementchi 28 20 4 4 54-17 64
4 Uz-Dong-Ju 29 17 3 9 62-50 54
5 NBU-Osiyo 28 13 6 9 53-37 45
6 Nasaf-2 29 14 0 15 54-56 42
7 Xorazm 28 11 5 12 49-40 38
8 Nurafshon 28 12 2 14 48-51 38
9 Mashal-2 29 10 7 12 41-53 37
10 Yozyovon-Lochinlari 29 10 3 16 52-71 33
11 Orol 27 10 1 16 63-74 31
12 Lokomotiv-BFK 30 9 4 17 52-64 31
13 Zomin 28 9 4 15 39-51 31
14 Xotira-79 28 9 3 16 46-66 30
15 Paxtakor-2 27 7 6 14 51-49 27
16 G'ijduvon 27 6 5 16 36-88 23
17 Kosonsoy 28 6 3 19 34-59 21

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика