"Dinamo" "Neftchi"ga qarshi Jizzaxdagi uchrashuv uchun muxlislarga 9 ta bepul avtobus ajratadi
07 mar 2024 23:48
Yangiliklar


"Dinamo" "Neftchi"ga qarshi Jizzaxdagi uchrashuv uchun muxlislarga 9 ta bepul avtobus ajratadi
Yakshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinda "Dinamo" muxlislarining Jizzaxdagi o'yinga tashkiliy tarzda borib-kelishi uchun fan-klub tomonidan 9 ta katta zamonaviy avtobus qo'yilgan. Bu avtobuslarda muxlislarning fan-klub hamrohligida borib-kelishi bepul bo'ladi.
"Samarqand jamoasini qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan muxlislarni 10 mart, yakshanba kuni soat 11:00 da "Dinamo" stadioni yonidagi fan-klub binosi (stadion kassasi) oldida yig'ilishini so'raymiz. Avtobuslar stadion yonidan soat 12:00 ga Jizzax shahriga jo'nab, o'yindan keyin yana "Dinamo" stadioni oldiga olib kelib qo'yadi. Joylar chegaralangan bo'lib, safarga borishni xohlovchi muxlislardan kechikmay kelish so'raladi", — deyilgan klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.
Eslatib o'tamiz, "Dinamo" - "Neftchi" o'yini Jizzaxdagi "So'g'diyona" markaziy stadionida 10 mart kuni soat 17:15 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar