So’nggi yangiliklar

21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  1 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  2 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  6 20:00Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ва "Лочин" ўртасидаги 1/8 финалнинг илк ўйини бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  6 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  22 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  2 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:34Ўзбекистон U-21 — Россия U-21. Ўртоқлик ўйини учун таркиблар маълум  22 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  14 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  10 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  13

"Dinamo" "Neftchi" to'sig'idan o'ta oladimi? Yangiliklar

"Dinamo" "Neftchi" to'sig'idan o'ta oladimi?

Teglar :  DinamoNeftchi
O'zbekiston Kubogi 1/16 bosqich bahslari doirasidagi markaziy uchrashuv 20 mart, yakshanba kuni Samarqanddagi Dinamo stadionida bo'lib o'tadi.

SHu kuni Dinamo azaliy raqibi Farg'onaning Neftchi jamoasiga qarshi saf tortadi.

SHARIPOV – FYODOROV UCHRASHUVI

Nimchorak final bosqichiga yo'llanma beruvchi ushbu hal qiluvchi to'qnashuv oldidan mehmonlarning imkoniyati yuqoriroq baholanayotgan bo'lsada, Dinamo jamoasi ham yangi murabbiy qo'l ostidagi Samarqanddagi mavsumning ochilish uchrashuvida Oliy Liga ishtirokchisi Neftchiga jiddiy qarshilik ko'rsatishga intilishini kutish mumkin. Ushbu bahsda O'zbekiston terma jamoasining Osiyo chempioniga aylangan sobiq futbolchilari, hozirda murabbiylik kursisiga o'tirgan Ilhom SHaripov va Andrey Fyodorov qarama-qarshiligini ham kuzatish mumkin. Fyodorov Farg'onada bir yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan bo'lsa, Dinamoda kuni kecha ish boshlagan yangi murabbiydan darhol natija talab qilish qiyin.



USTUNLIK RAQIB TOMONDA

1960 yilda tashkil topgan Samarqandning Dinamo va 1962 yilda asos solingan Farg'onaning Neftchi klublari Sobiq Ittifoq chempionati davomida azaliy raqib sanalgan bo'linsada, Oliy Liga tashkil etilganidan buyon ushbu klublar o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlarda vodiy klubining qo'li baland kelmoqda. Jamoalar Oliy Liga tarixida 44 marta ro'baro' kelib, ustunlik Farg'ona jamoasi tomonida. Ular 44 uchrashuvning 31 tasida g'alaba nashidasini surishgan bo'lsa, 10 ta o'yinda Samarqand klubi muvaffaqiyat qozongan. Faqatgina 3 ta qarama-qarshilikda g'olib aniqlanmay, murosa yo'li tanlangan. Gollar nisbatida ham ustunlik farg'onaliklar tomonida – 84-36.

DINAMO SAMARQANDDAGI SO'NGGI 10 O'YINDAN 7 TASIDA NEFTCHINI MAFLUB ETGAN

Dinamo uchun omadsiz o'tgan 2015 yilgi o'zaro o'yinlarda Neftchi Farg'onada 3:1 hisobida, Samarqandda esa 0:1 hisobida Dinamoni mag'lub etgan. Ko'hna shahardagi so'nggi uchrashuvda Kamoliddin Murzoev 11 metrlik nuqtani aniq amalga oshira olmagan.

Dinamo Samarqandda Neftchi bilan o'yinlarda 9 marta g'alaba qozongan, 1 marta durang qayd etilgan, 12 ta uchrashuvda Neftchi Samarqanddan g'alaba bilan qaytgan.

Samarqandda o'tgan oxirgi 10 yillikdagi o'zaro o'yinlar:

2015 yil Dinamo - Neftchi 0:1

2014 yil Dinamo - Neftchi 0:0

2013 yil Dinamo - Neftchi 2:0

2012 yil Dinamo - Neftchi 2:0

2011 yil Dinamo - Neftchi 2:0

2010 yil Dinamo - Neftchi 3:1

2009 yil Dinamo - Neftchi 3:1

2008 yil Dinamo - Neftchi 2:1

2007 yil Dinamo - Neftchi 2:1

2006 yil Dinamo - Neftchi 0:1

SOBIQ FUTBOLCHILAR TO'QNASHUVI


Dinamo - Neftchi uchrashuvida uch futbolchi o'zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin. Jumladan, Dinamo safidagi tajribali hujumchi Alisher Xoliqov 2010 yilda Neftchi tarkibida Oliy Liga to'purariga aylangan edi. Farg'onaliklar safidan esa chap qanot vakili Ilhom Boydadaev va o'ng qanot himoyachisi Alisher Samatovlar o'tgan yillar davomida Dinamo sharafini himoya qilishgandi.



DINAMO - NEFTCHI O'YININI KIM BOSHQARADI?

Samarqand va Farg'ona jamoalari o'rtasidagi hal qiluvchi kubok bahsini boshqarib borish toshkentlik hakamlar brigadasiga topshirilgan.

O'yinni Aziz Asimov boshqarib borsa, unga qanotlarda Timur Galiev va Alisher Po'latovlar yordam berib borishadi. Uchrashuv nazoratchisi esa Marat Ismoilov.

O'zbekiston Kubogi. 1/16 final.

20 mart (yakshanba)

Dinamo (Samarqand) – Neftchi (Farg'ona)

Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), SH. Qamarov (Samarqand)

Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).

UCHRASHUV 15:00DA BOSHLANADI

Samarqanddagi Dinamo stadionida bo'ladigan bahs 20 mart, yakshanba kuni soat 15:00da boshlanadi. O'yinga chiqarilgan chiptalar Dinamo o'yingohi kassalarida 5000 so'mdan sotilmoqda. Mamlakatimizdagi eng ko'rkam o'yingohlardan biri sanalmish Dinamo stadioni maydoni uchrashuvga shay holatga keltirilgan. Futbol ishqibozlarini ushbu uchrashuvga taklif etib qolamiz.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика