So’nggi yangiliklar

19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  0 19:00U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23 (матнли трансляция)  5 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  0 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  4 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  4 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8

Dinamo - Neftchi: 46-uchrashuv kimga ataladi? Yangiliklar

Dinamo - Neftchi: 46-uchrashuv kimga ataladi?

Teglar :  DinamoNeftchi
28-turning etiborli o'yinlaridan biri Samarqandda Dinamo va Neftchi o'rtasida kechadi.

Ushbu uchrashuv jamoalarning Oliy Liga tarixidagi 46-uchrashuvi sifatida qoladi.

DINAMO - NEFTCHI UCHRASHUVI TANTASHEVGA TOPSHIRILDI

Oliy Liga 28-turi doirasidagi Dinamo - Neftchi uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi malum qilindi.

PFL bergan ro'yxatga ko'ra, Samarqanddagi uchrashuvni buxorolik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Rustam Serazetdinov va Andrey Capenkolar yordam berib borishadi. Uchrashuv nazoratchisi sifatida Dmitriy Roman ishlasa, PFL vakili sifatida Aleksey Frolov tayinlangan.

Oliy Liga. 28-tur.
8 noyabr (chorshanba)
“Dinamo” (Samarqand) – “Neftchi” (Farg'ona)
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), R. Serazitdinov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), R. Abdivohidov (Qarshi).
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
PFL vakili: A. Frolov.

O'ZARO O'YINLAR: USTUNLIK NEFTCHIDA


1960 yilda tashkil topgan Dinamo jamoasi va 1962 yilda tashkil etilgan Neftchi jamoasi Oliy Liga tarixida o'zaro 45 marta kuch sinashishgan. Natijalar “Neftchi”ning kattagina ustunligini ko'rsatmoqda. Farg'onaliklar 45 bahsning 31 tasida g'alaba qozonishgan. 11 uchrashuvda “Dinamo”ning qo'li baland kelgan. Uchta o'yinda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati ham tabiiyki “Neftchi” foydasiga 86-39. O'zaro o'inlarda “Neftchi” 96 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Dinamo” 36 ochkoga ega bo'lgan.

1-DAVRA: DINAMO FARG'ONADAN G'ALABA BILAN QAYTGAN

Ushbu jamoalarning joriy mavsum birinchi davradagi uchrashuvlari Farg'onada o'tib, Neftchi Vadim Abramov qo'l ostidagi debyut o'yinni Dinamoga qarshi o'tkazgandi.

Ushbu bahsda Dinamo mavsumdagi uchinchi safar g'alabasini qo'lga kiritgandi. Samarqandliklar golllariga Jasur Azimov, Orif Mamajonov va Amirjon Safarov mualliflik qilgan bo'lishsa, Neftchining ikki goli Muydin Mamazulunov va SHerzod Hakimovlar nomiga yozilgan.

Oliy Liga. 13-tur: Neftchi - Dinamo - 2:3.

Samarqandda o'tgan so'nggi olti uchrashuv:
09.23.2015 Dinamo - Neftchi 0:1
17.10.2014 Dinamo - Neftchi 0:0
08.11.2013 Dinamo - Neftchi 2:0
17.11.2012 Dinamo - Neftchi 2:0
09.09.2011 Dinamo - Neftchi 2:0
15.05.2010 Dinamo - Neftchi 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt:

“Dinamo” o'z uyida bu raqibga qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarda 9 marta zafar quchgan. Bir marta durang qayd etilgan. 12 ta uchrashuvda “Neftchi” Samarqandda g'olib bo'lgan. Oxirgi 5 ta o'yinda “Neftchi” safarda Dinamo darvozasiga 1 ta gol urgan.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика