So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Dinamo - Navbahor: 45-o'yinda kim g'olib bo'ladi? Yangiliklar

Dinamo - Navbahor: 45-o'yinda kim g'olib bo'ladi?

Teglar :  DinamoNavbahor
O'zbekiston chempionatining 4-turi doirasidagi markaziy qarama-qarshilik Samarqandda o'tadi.

Hozirda turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan Dinamo jamoasi azaliy raqibi Namanganning Navbahor klubiga qarshi saf tortadi.

MARKAZIY O'YIN

Dinamo - Navbahor uchrashuvi nafaqat har ikki jamoa muxlislari, balki Oliy Ligaga beetibor bo'lmagan ishqibozlarning ham diqqat markazida turibdi. 31 mart, juma kuni Samarqanddagi Dinamo stadionida o'tkaziladigan uchrashuv har ikki jamoa uchun ham juda muhim. Ushbu bahsni toshkentlik tajribali hakam Vladislav Ceytlin boshqarib boradi.

Oliy Liga. 4-tur.

DINAMO - NAVBAHOR

Uchrashuv boshlanish vaqti: 16:00.

Hakamlar:
Vladislav Ceytlin (Toshkent), Artem Kalinin (Qarshi), Bobur Qodirov (Buxoro), Firdavs Norsafarov (Qarshi)

Nazoratchi: SHamil Jumaev (SHahrisabz).

PFL vakili: Bobur Haydarov.

JORIY MAVSUMDA…

Samarqand va Namanganning bosh jamoalari mavsum oldi yig'inlarda o'zaro ikkita o'yin o'tkazishgandi. Dastlabki fevral oyidagi bahsda Navbahor 4:2 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa, ikki hafta o'tib Dinamo Orif Mamajonovning yagona goli evaziga Namangan jamoasini mag'lub etgandi.

Oliy Liga boshlanishini har ikki jamoa turlicha boshladi: Dinamo o'tgan uch turda Metallurg (0:2), SHo'rtan (3:0), Paxtakor (0:1) jamoalari mag'lub etib maksimal natija bilan 1-o'rinda borayotgan bo'lsa, Navbahor Obod (2:1), Qizilqum (2:1) va Neftchi (1:1) bilan o'yinlarda bir g'alaba, mag'lubiyat, durang qayd etib 4 ochko jamg'arishga erishdi.

O'ZARO O'YINLAR

Samarqand va Namangan jamoalari 1992 yildan buyon Oliy Liga tarixida 44 marotaba ro'baro' kelishgan. Statistika vodiy jamoasining foydasiga gapirmoqda: 23 ta o'yinda Navbahor g'alabani tantana qilgan, 8 bahs murosa yo'li bilan intiho topgan, 13 marta esa Dinamo g'olib sifatida maydonni tark etgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham tosh Navbahor” tomonini bosmoqda: 80:41. O'tkazilgan 44 o'yin yakunida Navbahor 77 ochkoga ega chiqqan bo'lsa, Dinamo 47 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan.

O'zaro o'yinlarda namanganliklarning eng yirik g'alabasi 7:1, Dinamoda esa bu ko'rsatkich – 2:0 ga teng.

Dinamo so'nggi marta 2011 yilda Viktor Jalilov qo'l ostida Navbahorga mag'lub bo'lgan. O'shanda Ro'zimboy Ahmedovning goli namanganliklarga g'alaba keltirgan. SHunday buyon, Samarqandda o'tkazilgan to'rt o'yinning uchtasini Dinamo g'alaba bilan yakunladi, birida durang qayd etilgan.

Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

23.09.2015 Dinamo - Navbahor 2:1

21.06.2014 Dinamo - Navbahor 2:0

31.05.2013 Dinamo - Navbahor 1:1

14.09.2012 Dinamo - Navbahor 2:0

02.04.2011 Dinamo - Navbahor 0:1

ESKI TANISHLAR…

Joriy yilda Navbahor safida Dinamoning bir qator sobiq futbolchilari to'p surishmoqda. Jumladan, himoyachi Alisher Samatov 2014 yilgi mavsumda Dinamo sharafini himoya qilgan bo'lsa, yarim himoyachi Ilhom Boydadaev 2012 yilgi mavsumda, hujumchi Ro'zimboy Ahmedov esa 2012-13 yillarda jamoamiz safida to'p surgan.

Bu borada Dinamo safida ham Navbahorning sobiq futbolchilarini uchratish mumkin. Xususan, jamoamiz bosh menejeri Ilhom SHaripov futbolchilik faoliyatida Namanganda muvaffaqiyatli to'p surgan bo'lsa, joriy yili Dinamo safida ishonchli o'yin ko'rsatayotgan Abdumalik Abdullaev Namangan futboli tarbiyalanuvchisi sanalib, Navbahor tarkibida bir necha yil to'p surgan.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика