"Dinamo" muxlislari Jizzaxga borishadi
30 sen 2017 10:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/280448_original.jpg)
![](/upload/storage/280448_220.jpg)
"Dinamo" muxlislari Jizzaxga borishadi
Sevimli jamoalari Dinamoni har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlashdan tinmaydigan samarqandlik futbol ishqibozlari bu turda Jizzaxga otlanishadi.
Xabaringiz bor, Oliy Liga 23-turi doirasida Dinamo Jizzaxning So'g'diyona klubiga qarshi safarda to'p suradi. Muhim uchrashuvda Dinamoning ashaddiy muxlislari suyukli jamoalarini qo'llab-quvvatlashni maqsad qilishgan. SHu maqsadda Jizzaxdagi o'yinda Dinamo jamoasini qo'llab-quvvatlashni niyat qilgan muxlislar 30 sentyabr, shanba kuni soat 13:00 da Dinamo stadioni oldida to'planib, 13:30 da avtobusda jo'nab ketishadi. Jizzaxdagi o'yinga borishni maqsad qilgan ishqibozlar muxlislar faoli SHavkat Burhonovga (+998 97 920 24 40) qo'ng'iroq qilishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, So'g'diyona - Dinamo uchrashuvi 30 sentyabr, shanba soat 17:00da Jizzaxdagi So'g'diyona stadionida boshlanadi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar