Dinamo - Lokomotiv: kimning ananasi davom etadi?

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2019, 11:22
Superligada bu safar ham aynan Samarqanddagi uchrashuv bilan turga start beriladi.

O'tgan turda “Surxon” jamoasini 5:1 hisobida mag'lub etgan “Lokomotiv” ushbu turda Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo'ladi.

Amaldagi chempion sanalmish “Loko” 10 turdan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmayotgan bo'lsa, “Dinamo” jamoasi ushbu mavsumda Samarqandda hali mag'lubiyatga uchragani yo'q.

Kim qanday holatda?
Yil boshida ikki xil vaziyatda bo'lgan ushbu jamoalar mavsumni turlicha boshlashdi. OCHLga tayyorgarlik ko'rgan “Lokomotiv” 11 o'yindan keyin 7 g'alaba, 3 durang, 1 ta mag'lubiyat bilan 24 ochko jamlab, 2-o'rinda borayotgan bo'lsa, Pro-Ligaga tayyorgarlik ko'rgan va yakunda Superligada ishtirok etayotgan “Dinamo” 11 o'yindan keyin 3 g'alaba, 6 durang, 2 mag'lubiyat bilan 15 ochko bilan 8-pog'onadan joy olgan.

“Dinamo”ning so'nggi besh turdagi o'yini:
7-tur. “Andijon” – “Dinamo” – 2:2
8-tur. “Dinamo” – AGMK – 1:0
9-tur. “Buxoro” – “Dinamo” – 0:0
10-tur. “Dinamo” – “Qizilqum” – 2:2
11-tur. “Qo'qon-1912” – “Dinamo” – 2:2

“Lokomotiv”ning so'nggi besh turdagi o'yini:
7-tur. “Lokomotiv” – “Qo'qon-1912” – 2:2
8-tur. “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:0
9-tur. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” – 0:0
10-tur. “Nasaf” – “Lokomotiv” – 0:1
11-tur. “Lokomotiv” – “Surxon” – 5:1

Eski tanishlar: Anzur va Jamshid...
“Lokomotiv” safidagi aksariyat futbolchilar professional faoliyatini aynan “Dinamo”da boshlagan. Jumladan, “Lokomotiv” va terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilov 15 yil avval aynan “Dinamo” safidagi o'yinlari bilan tanilgan bo'lsa, yarimhimoyachi Jamshid Iskanderov ham Oliy Ligadagi ilk uchrashuvlarini 2011 yilda aynan “Dinamo” safida o'tkazgan. "Dinamo" safida esa avval "Lokomotiv"da to'p surgan futbolchilar yo'q.

O'zaro o'yinlar: Ustunlik kimda?
“Dinamo” va “Lokomotiv” Oliy Ligada 24 marta to'qnash kelishgan. “Dinamo” 10 ta o'yinda g'olib bo'lgan, 3 ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “Lokomotiv” “Dinamo”ni hozirga qadar 11 marta mag'lub eta olgan. To'plar nisbati “Loko” tomonida - 34:37. O'zaro o'yinlarda “Dinamo” 33, “Lokomotiv” esa 36 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1 ga teng. “Dinamo”da bu ko'rsatkich yanada kattaroq – 5:0. 2009 yilgi bahsda Azamat Abduraimov boshchiligidagi Dinamo Ilhom Yunusov, Devid Oniya, Andrey Akopyanc, Erkin Boydullaev, Bahodir Nasimovlarning Filimonov darvozasiga kiritgan gollari evaziga Lokoni 5:0 hisobida mag'lub etishgan.

Samarqanddagi o'zaro so'nggi uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar:
19.11.2017 Dinamo - Lokomotiv 1:5
16.04.2015 Dinamo - Lokomotiv 0:1
06.06.2014 Dinamo - Lokomotiv 1:2
29.09.2013 Dinamo - Lokomotiv 1:0
30.06.2012 Dinamo - Lokomotiv 0:1
17.04.2010 Dinamo - Lokomotiv 2:0
20.06.2009 Dinamo - Lokomotiv 5:0

Fakt...
Dinamo so'nggi marta 2013 yilda Sanat Shixovning 90+3-daqiqada kiritgan goli evaziga Lokomotivni mag'lub eta olgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz