"Dinamo"ning ikki futbolchisi mos ravishda 4ta va 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi Yangiliklar

"Dinamo"ning ikki futbolchisi mos ravishda 4ta va 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

O'zbekiston futbol associaciyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan turli xil sankciyalar qo'llanildi.

Ayollar chempionati
Uchrashuv:
“Navbahor-W” – “Andijanka”
Jarimaga tortildi: Xurshid To'ychiboev (“Andijanka” klubi boshlig'i)
Sabab: Hakam shaniga nomaqbul naplar ishlatgani uchun
Qaror: 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya

Kubok
Uchrashuv:
“Dinamo” – “Yashnobod”
Jarimaga tortildi: Dilmurod Karimov (“Dinamo”)
Sabab: Raqib futbolchisi oyoqlariga oyog'i bilan zarba bergani va tajovuzkor hatti-harakati uchun
Qaror: 4ta uchrashuvga diskvalifikaciya va 3 mln so'm jarima

Uchrashuv: “Dinamo” – “Yashnobod”
Jarimaga tortildi: Amirjon Safarov (“Dinamo”)
Sabab: Raqib futbolchisi yuziga zarba bergani uchun
Qaror: 3ta o'yinga diskvalifikaciya va 3 mln so'm jarima

“V” Pro Ligasi
Uchrashuv:
“Turon” – “Rubin”
Jarimaga tortildi: Yavar Najafaliev (“Rubin” klubi bosh murabbiyi)
Sabab: Uchrashuv hakami va nazoratchisiga noroziligini qo'pol tarzda bildirgani uchun
Qaror: 1 mln jarima

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика