Dinamo etakchisi bilan shartnomani uzaytirdi
10 dek 07:28
Yangiliklar
Dinamo etakchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Dinamoning bu yilgi etakchilaridan biri Anvarjon Hojimirzaev Samarqandda yana bir yil qoladi.
30 yoshli hujumchi «Dinamo» bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi.
«Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, yakunlangan mavsumda «Dinamo» sharafini munosib himoya qilib, jamoaning Superligadagi eng yaxshi to'purariga aylangan Anvarjon Hojimirzaev 2025 yilni ham Samarqand jamoasi safida o'tkazadi. Klub jamoamiz vingeri bilan amaldagi shartnoma 2025 yil yakuniga qadar uzaytirilganini mamnuniyat bilan elon qiladi.
Umid qilamizki, Anvarjon Hojimirzaev «Dinamo» safida 2025 yilgi mavsumni ham sermahsul va omadli o'tkazadi», — deyilgan Samarqand jamoasi rasmiy kanalida.
Futbolchi yakunlangan mavsumda Superligada 10 ta gol urishga erishgandi.
Fikrlar