"Dinamo" dastlabki yig'inni yakunladi
16 iyu 2014 14:59
Yangiliklar
"Dinamo" dastlabki yig'inni yakunladi
Ikkinchi davraga puxta hozirlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi Urgut tog' yon-bag'rlarida joylashgan qarorgohida o'tkazilgan dastlabki yig'inni yakunladi.
6 iyuldan 16 iyulgacha davom etgan o'quv-yig'in mashg'ulotlarida Kamo Gazarov boshchiligidagi murabbiylar shtabi asosiy etiborni futbolchilarning jismoniy holatiga qaratishdi. 10 kunlik mashg'ulotlardan so'ng, jamoa 16 iyul kuni Samarqandda ikki tarkibga bo'linib o'zaro o'yin o'tkazadi. SHundan so'ng futbolchilarga ikki kunlik dam beriladi.
19 iyuldan esa jamoa Toshkentda yig'in boshlaydi. Poytaxtda o'tkaziladigan uchta nazorat uchrashuvida tarkibda o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Xususan, dastlab Mashal jamoasi bilan o'yin o'tkazilsa, 24 iyulda Paxtakorga qarshi, 25 iyulda esa Navbahor bilan nazorat o'yinlari o'tkaziladi. 26 iyulda esa jamoa yana Samarqandga qaytib, tayyorgarlikning so'nggi qismini o'z qarorgohida o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Dinamo 3 avgust kuni o'z maydonida 14-tur doirasida Nasaf jamoasiga qarshi saf tortadi.

Fikrlar