So’nggi yangiliklar

00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1

Dinamo Buxorodagi 7 yillik mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettira oladimi? Yangiliklar

Dinamo Buxorodagi 7 yillik mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettira oladimi?

Teglar :  BuxoroDinamo
Superliga 9-turi doirasidagi etiborli to'qnashuvlardan biri ikki ko'hna shaharlar Buxoro va Samarqandning bosh jamoalari o'rtasida kechadi.

Har ikki jamoa ham turning so'nggi o'yinida g'alaba qozonishni maqsad qilgani aniq.

ANONS
Superliga. 9-tur.
19 may (yakshanba)
«BUXORO» - «DINAMO»
Stadion:
Buxoro sport majmuasi.
O'yin boshlanish vaqti: 20:00

JORIY MAVSUMDA…
“Buxoro” mavsumni kutilgan darajada boshlay olmadi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida 8 tur to'p surgan buxoroliklar faqat 4-turda safarda “Qo'qon-1912” ustidan g'alaba qozona olishdi, xolos. Qolgan 7 o'yinning 3 tasida durang, 4 tasida esa mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Natijada turnir jadvalida so'nggi ikki o'rindan biriga tushib qolgan “Buxoro”da o'zgarish qilinishi kerak deb hisoblagan Baxtiyor Ashurmatov o'z arizasiga binoan, 8-turdagi “Surxon”ga qarshi mag'lubiyatli o'yindan keyin istefoga chiqdi. “Buxoro” ayni damda 6 ochko bilan 13-o'rinni band etgan.

“Dinamo” esa mavsumda yaxshi start oldi. 8-turdagi AGMK ustidan g'alabadan keyin Davron Fayziev shogirdlari 12 ochko bilan 5-o'rindan joy olishgan.

"Buxoro"ning o'tkazgan o'yinlari:
1-tur. AGMK – “Buxoro” – 0:0
2-tur. “Metallurg” – “Buxoro” – 2:0
3-tur. “Buxoro” – “Qizilqum” – 1:1
4-tur. “Qo'qon-1912” – “Buxoro” – 1:3
5-tur. “Buxoro” – “Lokomotiv” – 0:2
6-tur. “Buxoro” – “Bunyodkor” – 2:2
7-tur. “Buxoro” – “Nasaf” – 0:1
8-tur. “Surxon” – “Buxoro” – 1:0

“Dinamo”ning o'tkazgan o'yinlari:
1-tur. “Dinamo” – “Nasaf” – 1:1
2-tur. “Surxon” – “Dinamo” – 1:0
3-tur. “Dinamo” – “Metallurg” – 2:1
4-tur. “Dinamo” – “So'g'diyona” – 1:0
5-tur. “Paxtakor” – “Dinamo” – 2:0
6-tur. “Dinamo” – “Navbahor” – 2:2
7-tur. “Andijon” – “Dinamo” – 2:2
8-tur. “Dinamo” – AGMK – 1:0

O'ZARO O'YINLAR: AN'ANA DAVOM ETADIMI?
O'zbekiston milliy chempionati start berilgan 1992 yildan buyon «Dinamo» va «Buxoro» klublari Oliy Ligada shu kungacha 44 bor kuch sinashishgan. SHundan 20 ta bahsda “Buxoro”, 16 uchrashuvda esa “Dinamo”ning qo'li baland kelgan. 8 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Buxoro” tomonida: 58:56. “Buxoro” o'zaro o'yinlarda 68 ochkoga ega bo'lgan, “Dinamo” esa 56 ochkoni qo'lga kiritgan. “Dinamo”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:1ga teng bo'lsa, “Buxoro”ning tarixda “Dinamo” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 6:0.

“Buxoro” - “Dinamo” o'rtasidagi so'nggi 10 uchrashuv:
16.09.2017 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0
15.04.2017 «Dinamo» - «Buxoro» 3:1
08.08.2015 «Dinamo» - «Buxoro» 2:0
20.03.2015 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1
02.11.2014 «Dinamo» - «Buxoro» 0:0
14.06.2014 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1
21.09.2013 «Buxoro» - «Dinamo» 0:2
11.05.2013 «Dinamo» - «Buxoro» 1:0
17.08.2012 «Buxoro» - «Dinamo» 2:0
20.06.2012 «Dinamo» - «Buxoro» 0:1

ESKI TANISHLAR…
Har ikki jamoa tarkibida ham aksariyat futbolchilar borki, ular uchun ushbu bahs sobiq klublariga qarshi o'yin sanaladi.

Jumladan, “Buxoro”ning bugungi etakchilari sanalmish Ivan Nagaev va Doston Ibragimovlar oldingi yillarda “Dinamo” safida to'p surishgan. Xususan, “Buxoro”ning bugungi kundagi to'purari bo'lib turgan Doston Ibragimov 2016 yilgi mavsumda aynan “Dinamo” safida debyut o'yinlarini o'tkazgan va yoshlar terma jamoasidan chaqiruv olgandi. Ivan Nagaev esa 2012-13 yilgi mavsumlarda “Dinamo” sharafini munosib himoya qilib, samarqandlik muxlislar yoqimtoyiga aylangandi.

Hozirda “Dinamo” tarkibida bo'lgan Vohid SHodiev va Otabek Narzullaevlar esa oldingi yillarda “Buxoro” safida munosib to'p surishgandi.

"Dinamo" klubi matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика