So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Dinamo - Buxoro: 43-uchrashuv kimga ataladi? Yangiliklar

Dinamo - Buxoro: 43-uchrashuv kimga ataladi?

Teglar :  DinamoBuxoro
Turning etiborli o'yinlaridan biri Samarqandda o'tadi. Oliy Liga startida yaxshi taassurot qoldirayotgan ikki jamoa Dinamo va Buxoro o'zaro bahsda maydonga tushishadi.


O'YIN SERAZETDINOVGA TOPSHIRILDI


Oliy Liga 6-turidan o'rin olgan uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlar ro'yxati elon qilindi. Unga ko'ra, Dinamo - Buxoro uchrashuvini boshqarib borish toshkentlik Viktor Serazetdinovga topshirildi. Uchrashuv nazoratchisi Rashid Aytekov.

Oliy Liga. 6-tur.
15 aprel (shanba)
Dinamo (Samarqand) – Buxoro (Buxoro)
Hakamlar
: V. Serazetdinov (Toshkent), F. Yormuhamedov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.
Uchrashuv boshlanish vaqti: 17:00, Dinamo stadioni.

JORIY MAVSUMDA…

Samarqand va Buxoro jamoalari joriy yilgi mavsum oldidan ham o'zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushishgandi. Fevral oyida Toshkentda o'tgan bahsda Ulug'bek Baqoev shogirdlari jamoamiz ustidan 2:1 hisobida zafar quchishgandi. 6 fevral kungi bahsda Dinamodan Abdumalik Abdullaev hisobni ochgan bo'lsa, Buxorodan Ivan Nagaev va Sanat SHixovlar gollarni urishgandi.

Oliy Liganing dastlabki 5 turida Dinamo singari Buxoro ham 3 ta g'alaba, ikki mag'lubiyatga uchragan holda turnir jadvalida gollar nisbatiga ko'ra, 5 va 7-o'rinlarni egallab turishibdi.

O'ZARO UCHRASHUVLAR

O'zbekiston milliy chempionati start berilgan 1992 yildan buyon Dinamo va Buxoro klublari Oliy Ligada shu kungacha 42 bor kuch sinashishgan. SHundan 20 ta bahsda “Buxoro”, 15 uchrashuvda esa “Dinamo”ning qo'li baland kelgan. 7 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Buxoro” tomonida: 57:53. “Buxoro” o'zaro o'yinlarda 67 ochkoga ega bo'lgan, “Dinamo” esa 52 ochkoni qo'lga kiritgan. “Dinamo”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:1ga teng bo'lsa, “Buxoro”ning samarqandliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 6:0.

Samarqandda bo'lib o'tgan 20 ta o'yinning 11 tasida “Dinamo” g'alaba qozongan. To'rtta bahsda jamoalar durang o'ynashgan. 5 ta uchrashuvda “Buxoro” uyiga g'alaba bilan qaytgan.

Jamoalarning o'zaro so'nggi o'yini 2015 yilning 8 avgust kuni o'tkazilib, Samarqanddagi o'sha bahsda Ildar Mamatkazin va Feruz Boboqulovlarning gollari Dinamoga g'alaba keltirgan edi.

Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

08.08.2015 Dinamo - Buxoro 2:0
02.11.2014 Dinamo - Buxoro 0:0
11.05.2013 Dinamo - Buxoro 1:0
20.06.2012 Dinamo - Buxoro 0:1
12.03.2011 Dinamo - Buxoro 0:1

ESKI TANISHLAR…


Dinamo - Buxoro uchrashuvi ayni damda ikki jamoada to'p surayotgan aksariyat o'yinchilar uchun alohida ahamiyatga ega.

Jumladan, Dinamoning buxorolik hujumchisi Sardor Sulaymonov o'tgan mavsumda Buxoro klubi sharafini himoya qilgan. Biroq, bu bahsda u sobiq jamoasiga qarshi o'ynay olmaydi. Sababi Sulaymonov o'tgan o'yinda qizil kartochka olib, Buxoro va Bunyodkorga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Buxoro tarkibidagi murabbiy va aksariyat futbolchilar ham begona emas. Xususan, jamoa murabbiyi Ulug'bek Baqoev 2010 yilgi mavsumda Dinamo sharafini himoya qilgan bo'lsa, himoyachi Artyom Filiposyan (2015), hujumchi Ivan Nagaev (2011-2013) va yarim himoyachi Sanat SHixovlar (2013-2014) Dinamo sharafini munosib himoya qilishgan.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика