Dinamo bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi
20 jan 2021 12:40
Yangiliklar


Dinamo bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi
Jumladan, darvozabonlar – SHoxruhjon Raimov, Erkin Jabborov, himoyachilar – Hakimxon Alamxonov, Avaz Agaliev, Iskandar Siddiqjonov, yarimhimoyachilar – Damir Temirov, Bobur Qosimov, Farhod Namozov, SHarofiddin SHobirov, Eldor Boymatov, hujumchilar – Amirjon Safarov, Andrey Sidorov, Azamat Allaniyozov klub bilan xayrlashishdi.
SHuningdek, 2020 yilda «Dinamo» safida ijara asosida to'p surgan Jahongir Ahmadov, Suhrob Nurulloev, SHahboz Nuriddinov va Oybek Nurmatov ham o'z klublari safiga qaytishgan.
«Dinamo» jamoasi klubni tark etgan barcha futbolchilarga, shu jumladan Samarqanddagi ko'p yillik faoliyatidan keyin boshqa jamoaga o'tishga qaror qilgan klub tarbiyalanuvchilariga ham hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar