So’nggi yangiliklar

23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  3 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  2 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0

"Dinamo" Avaz Agaliev, Otabek Narzullaev va SHerzod Jalilov bilan 1,5 yillik shartnoma tuzdi Yangiliklar

"Dinamo" Avaz Agaliev, Otabek Narzullaev va SHerzod Jalilov bilan 1,5 yillik shartnoma tuzdi

Teglar :  DinamoPRO-liga
Pro-Liga ikkinchi davrasidan keyin Dinamo jamoasi tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo'shilishi davom etmoqda.

Oldinroq tarkibga Akmal Xolmurodov (“So'g'diyona”), Abbosbek Jumaqulov, Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Pavel Purishkin (“Metallurg”), Dilmurod Karimov (“So'g'diyona”) singari futbolchilar kelib qo'shilgani va ular bilan 2019 yil yakunigacha 1,5 yillik shartnoma imzolangani haqida xabar bergandik.

Davralar oralig'ida “Dinamo” klubi yana uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Kuni kecha Samarqandda bo'lgan Avaz Agaliev (“Neftchi”), SHerzod Jalilov (“Zomin”) va Otabek Narzullaev (“SHo'rtan”) singari futbolchilar “Dinamo” bilan 1,5 yillik – 2019 yil yakunigacha shartnoma imzoladi.

Avaz Agaliev uchun “Dinamo” begona klub emas. CHap qanot himoyachisi 2013-2015 yillar davomida “Dinamo” safida to'p surgan edi. 30 yoshli futbolchi joriy yilning dastlabki yarmini esa Farg'onaning “Neftchi” klubi safida o'tkazdi.


SHerzod Jalilov o'tgan yillar davomida Jizzaxning “So'g'diyona” va “Obod” klubi safida to'p surgan bo'lsa, 27 yoshli futbolchi joriy yilning dastlabki qismini “Zomin” jamoasida o'tkazdi.

Otabek Narzullaev ham 2007-2008 yillar davomida “Dinamo” safida to'p surgan. So'nggi mavsumlarni esa G'uzorning “SHo'rtan” klubi safida o'tkazayotgandi. Tajribali yarimhimoyachi bilan ham 2019 yil yakuniga qadar shartnoma imzolandi.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Pro-Liga uchinchi davrasiga tayyorgarlikni 9 iyul kunidan CHimyon tog'li hududida boshlaydi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика