Dinamo 8 nafar futbolchi bilan xayrlashdi
15 fev 2020 18:29
Yangiliklar
Dinamo 8 nafar futbolchi bilan xayrlashdi
«Dinamo» jamoasi Akmal Xolmurodov, Bahodir Nasimov, Mirkomil Lokaev, Sardor Eminov, Dilmurod Karimov, Abbos SHodmonov, Siroj Hamroev singari futbolchilar bilan xayrlashdi. Ixtiyor Toshpo'latov esa «Metallurg» klubiga transfer qilindi. Darvozabon Botirali Ergashev esa «Qo'qon-1912» jamoasiga bir yilga ijaraga berildi. Klub ushbu futbolchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlariga omad tilab qoladi.
Samarqand viloyat futbol associaciyasi prezidenti, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va klub rahbariyati qaroriga ko'ra, Tachmurod Agamurodov jamoadagi bosh murabbiylik faoliyatini davom ettiradi. Uning oldiga klubni Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yiladi. Pro-liga yangi mavsumi oldidan jamoa tarkibiga yangi futbolchilar taklif etilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar