"Dinamo" 5 yanvardan Toshkentda yig'in o'tkazadi
03 jan 2015 16:57
Yangiliklar


"Dinamo" 5 yanvardan Toshkentda yig'in o'tkazadi
23 dekabr kunidan boshlab yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan Dinamo jamoasi yangi yilga qadar Samarqandda dastlabki yig'inini o'tkazdi.
Asosan mahalliy va bir qator yosh futbolchilar ishtirok etgan birinchi o'quv-yig'ini bir hafta davom etdi. Yangi yilning 5 yanvar kunidan boshlab esa jamoamiz Toshkentda tayyorgarlik rejasi doirasidagi ikkinchi bosqich yig'inini boshlaydi. Asosan jismoniy holatni tiklashga qaratiladigan bu yig'inda, tarkibda o'zgarishlar bo'lishi ham kutilmoqda. Qolaversa, nazorat bahslari ham o'rin olgan. Yig'inda legioner futbolchi Andrey Melnichuk muddatdan kechroq – 12 yanvar kuni Ukrainadan kelib qo'shiladi.
Ikki hafta davom etadigan bu yig'in 20 yanvarda yakuniga etadi va jamoa yana Samarqandga qaytib keladi.
Ikki hafta davom etadigan bu yig'in 20 yanvarda yakuniga etadi va jamoa yana Samarqandga qaytib keladi.

Fikrlar