Din Smit MYUning navbatdagi penaltisi haqida: “Bu sharmandali qaror”
10 iyu 2020 07:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580131_original.jpg)
![](/upload/storage/580131_220.jpg)
Din Smit MYUning navbatdagi penaltisi haqida: “Bu sharmandali qaror”
“Aston Villa” ustozi MYUga qarshi bahsdagi hakamlikdan noroziligini bildirdi.
“Hakam vaziyatni noto'g'ri baholaganini tushunaman, ammo VAR qaerga qarayapti? SHarmandali qaror. Ularda vaziyatni ko'rish uchun ekran bor, ammo bu hech kimni xavotirga solmayapti. Brunu ortga o'girilishga harakat qilib, to'pga tegindi, so'ngra Konsining oyog'iga. Hamma o'ylayotganlarim haqida gapirishni xohlamayman”, — deydi Din Smit.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv hakami Jon Moss “Villa” himoyachisi Ezri Konsi MYU yarim himoyachisi Brunu Fernandeshga nisbatan qoidani buzdi deb topib penalti belgiladi. Aslida esa Brununing o'zi raqib oyog'iga turtinib yiqilgani takroriy lavhalarda ko'rinib qoldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar