So’nggi yangiliklar

17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  4 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  13 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  11 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0

Dilyaver Vaniev: "Meni bir narsa ko'proq tashvishlantirmoqda" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Meni bir narsa ko'proq tashvishlantirmoqda"

Coca Cola Superligasining 6-turidan o'rin olgan AGMK - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Dilyaver Vaniev o'z fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi raqam ostida o'ynashni rejalashtirgandik. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin taktikamizni o'zgartirdik. Bugun raqibimiz juda oddiy vaziyatda gol urdi. Bu o'yinni tahlil qilamiz. Meni ko'proq jamoamiz azolarining tezroq tiklanishi tashvishlantirmoqda. Keyingi o'yinimiz "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tadi", - deydi Dilyaver Vaniev.  

- Bu mavsum klub oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Yigitlarga ishonaman. Jamoamizda tajribali futbolchilar ko'p emas. Ochkolar olishda davom etamiz. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Bu tarkib bilan Superligada o'rnashib olamiz, shubha qilmasangiz ham bo'ladi.

O'yinga taktikani yigitlarning holati va raqibga qarab tanlayman. Agar uyda o'ynaganimizda balki boshqacharoq o'ynarmidik. Har o'yinda turli tarkibni tushirish rejamizga kirmaydi.

- Natija adolatlimi?
- Agar uchrashuv oxiridagi ikkita vaziyatimizni hisobga olmasak, ha AGMK bugun g'alabaga haqli edi. Bugungi rejamiz shunday edi: himoyada o'ynash va qarshi hujumga o'tish. Afsuski bolalarcha xatolarga yo'l qo'yilsa qo'limdan hech narsa kelmaydi. Ishlashda davom etamiz va uch kundan keyin "Qo'qon-1912" bilan o'ynaymiz.

- Jamoada hujumda muammolar borligi ko'rinmoqda. Sardor Abduraimov va Humoyun Murtozaev "Bunyodkor"ga ijaraga berilgan. Balki ularni qaytarish haqida o'ylab ko'rarsizlar?

- Bu yil barchadan kam gol urdikmi? Hujumda muammolarimiz yo'q. Bu ikki futbolchi "Bunyodkor" klubida ijarada o'ynashmoqda. Ularni kuzatib borayapmiz, statistikasidan ham xabardormiz. Ularni ijaraga olayotganda "Bunyodkor" OCHL pley-off bosqichida o'ynayotgandi. Transfer oynasi yaqin bo'lsa o'ylaymiz, hozircha ular haqida o'ylayotganim yo'q.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика