Dilshod Jabborov "Navbahor"ning 1200-golini urdi
21 mar 2015 17:38
Yangiliklar


Dilshod Jabborov "Navbahor"ning 1200-golini urdi
Kecha oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
2:2 hisobida yakunlangan bahsda mezbonlar oliy ligadagi o'zlarining yubiley 1200-gollarini urishdi. Ushbu golga Dilshod Jabborov mualliflik qildi.
Bundan tashqari Dilmurod Karimov tomonidan so'nggi daqiqada urilgan gol "Navbahor"ning oliy ligada o'tkazib yuborgan 800-goli bo'ldi.
"Lochinlar" shu kunga oliy ligada 682ta o'yin o'tkazib 336ta g'alaba va 129ta durangga erishishgan. 217 marta mag'lub bo'lishgan. Ochkolar soni 1137tani tanshkil qiladi. Jamoa O'zbekistonda "Paxtakor" (1504 ochko) va "Neftchi"dan (1410 ochko) keyingi uchinchi o'rinda bormoqda.

Fikrlar