So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  9 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

Dilshod Jabborov: Abramov bilan tarkibdagi 70 foiz futbolchilar ilgari ham birga ishlagan Yangiliklar

Dilshod Jabborov: Abramov bilan tarkibdagi 70 foiz futbolchilar ilgari ham birga ishlagan

"Lokomotiv"ga Vadim Abramov bosh murabbiy etib tayinlangach, bu borada futbolchilarning fikrlarini bilishga qiziqdik.
Dastlab jamoa sardori Dilshod Jabborovga murojaat qildik.

- Fuzaylovning o'rniga Abramovning tayinlandi. Bu sizningcha to'g'ri qarormi?
- Biz professionalmiz. SHu bois qaysi murabbiy bilan ishlasak ham o'z vazifamizga sidqidildan yondoshib, klubning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi uchun bor kuchimizni sarflashimiz kerak bo'ladi. Rahbariyat bosh murabbiyni o'zgartirishga qaror qildi. Buni muhokama qilish bizning vakolatimizga kirmaydi.

- OCHL pley-off bahsidagi omadsiz o'yinning bosh aybdori sifatida ko'pchilik Fuzaylovni ko'rsatmoqda. Siz qanday fikrdasiz?
- Nazarimda bunga biz futbolchilar aybdormiz. CHunki murabbiyning bergan ko'rsatmalarini shu kuni to'liq bajara olmadik.

- Avvalgi murabbiyning ustun jihatlari nimada edi?
- Har bir murabbiy futbolda o'z falsafasiga ega bo'lganidek, Hakim Qayumovichning o'z qarashi bor edi. Umuman olganda bu mutahassis klubda yomon ishlamadi. Dastlabki yili 3-o'rinni egalladik. Keyin esa kumush medallariga ega chiqdik.

- U bilan xayrlashish qanday kechdi?
 - Murabbiy o'zi bilan ishlagan barchaga minnatdorchilik bildirgan xolda, omad tiladi va iliq tarzda xayrlashdik.

- Boshqaruv postiga Vadim Abramovning kelishini futbolchilar qanday qabul qildi?
- Juda yaxshi. Ayni paytdagi tarkibimizning 60-70 foizi ilgari Karlenovich bilan birga ishlagan. SHaxsan meni ham "Lokomotiv"ga Abramov taklif etgandi. Tajribali mutaxassis. Umid qilamanki bu murabbiy bilan ham ko'plab yutquvlarni qo'lga kiritamiz.

- Abramov bugun ilk mashg'ulotini o'tkazibdi. Birinchi kuni U sizlarga nimalar dedi?
- Ha, bugun yangi bosh murabbiy tanishtirildi va u bilan dastlabki mashg'ulotni o'tkazdik. Hozircha shu chempionatga puxta tayyorgarlik ko'rish aytildi. Endi yaqin kunlar ichida murabbiy futbolchilar bilan alohida gaplashsa kerak.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика