So’nggi yangiliklar

21:59Ҳаким Фузайлов: "Амалдаги чемпиондан бир очко олдик, бундан хурсандмиз"  1 21:31Рўзиқул Бердиев: "Очко йўқотишга ҳақли эдик"  5 21:30Суперлига. "Бунёдкор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  5 21:16"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 20:48Микель Артета: "Ливерпуль" чемпионликка ҳақли эди"  0 20:15Суперлига. Пешқадам "Насаф" "Хоразм"ни юта олмади  55 19:59Аббосбек Файзуллаев: "Ҳусанов мени "Сити"га таклиф қилмади"  16 19:16Суперлига. "Бунёдкор" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  3 18:34Раньери: "Шомуродов майдонда бор куч-ғайратини сарф этади. Уни шунинг учун ҳам яхши кўраман"  8 18:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Хитойдаги илк машғулотини ўтказди  0 18:10Бешта клуб Мюллерни ўз сафига қўшишдан манфаатдор  0 17:47Ямалнинг отаси испаниялик мухлислар Ламин билан фахрланишлари кераклигини таъкидлади  12 16:55"Барселона" "Аталанта" ҳужумчиси учун 50 млн евро тўлашга тайёр  5 16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  11

Dilshod Xaydarqulov: "Kuchli jamoalarga qarshi qarshi hujumda o'ynashga majburmiz" Yangiliklar

Dilshod Xaydarqulov: "Kuchli jamoalarga qarshi qarshi hujumda o'ynashga majburmiz"

Bugun futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 1 bosqich 3-tur bellashuvlari davom ettirilmoqda.

Uchinchi kunning birinchi o'yinida o'ziga xos sensaciya qayd etildi. Autsayderlar qatorida borayotgan "Nafis" etakchilardan biri bo'lgan "Ardus" bilan durang o'ynadi (1:1). O'yindan so'ng samarqandliklar bosh murabbiyi Dilshod Xaydarqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugungi o'yin natijasidan to'liq qoniqdim. Sababi, "Ardus" juda kuchli jamoa, bizni o'yinchilar esa yosh va tajribasiz. Turnir jadvalida egallab turgan o'rnimizdan kelib chiqsak, bizga ham ochko zarur edi. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin yigitlar ozgina bo'shashishdi va buning uchun jazolandik.

Bunday jamoalarga qarshi himoyadan o'ynashga majburmiz. Avvalo himoyani mustahkam ushlab qarshi hujumda to'p surdik. Mavsum oldidan tarkibimizdagi to'rt nafar futzalchi aynan "Ardus"ga o'tgan edi. Ularning ketishi tarkibimizni biroz kuchsizlantirdi, lekin boshqa yigitlar ham bor va ular o'zlarini ko'rsatishmoqda. O'ylaymanki, 2-3 yildan keyin jamoamiz chempionatda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi", - deydi Dilshod Xaydarqulov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика