Dilshod Rahmatov: "Hozirda har bir mashg'ulotimiz final darajasida o'tmoqda"
12 iyu 2023 15:16
Yangiliklar
Dilshod Rahmatov: "Hozirda har bir mashg'ulotimiz final darajasida o'tmoqda"
Terma jamoa etakchisi Dilshod Rahmatov oldindagi musobaqlarga tayyorgarlik xususida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Terma jamoa bilan 8 iyul sanasidan mashg'ulotlarni boshladik. Bu Jahon chempionati O'zbekistonga berilgandan keyingi ilk yig'inimiz hisoblanadi. Mundialgacha bo'lgan vaqtdan to'g'ri foydalanmiz, deb o'ylayman. Yaqinda Tojikistonda CAFA turniri boshlanadi. Keyin saralash, Osiyo o'yinlari bo'ladi. Bu orqali Jahon chempionatiga munosib tayyorlanamiz. Har bir o'yinchi, murabbiylar, rahbariyat jiddiy kirishgan. Mashg'ulotlarimiz final darajasida o'tyapti. Bahodir Ahmedov, Nodir Eliboev qolaversa bizga begona bo'lmagan ispaniyalik murabbiy keldi. Mashg'ulotlardagi qo'llanmalarni oldindagi o'yinlarda foydalanishga harakat qilamiz", - deydi Dilshod Rahmatov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar