So’nggi yangiliklar

00:40Англия кубоги. "Манчестер Сити" "Плимут"га қарши камбэк қайд этиб, кейинги босқичга йўл олди  37 00:29Ла Лига. "Реал" меҳмонда камбэк сабаб "Бетис"га мағлуб бўлди  116 00:06А Серия. "Интер" "Наполи"га қарши ўйинда 87-дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди, жамоалар ўртасидаги фарқ 1 очкога тенг  10 23:35"Ювентус" Моттанинг ўрнига кимларнинг номзодини кўриб чиқмоқда?  1 23:18Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси ўқув-машғулот йиғини якунига етди  0 23:04РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Ахмат"га мағлуб бўлди, Ашурматов 82 дақиқа ўйнади ва сариқ карточка олди  2 22:06Бернарду Силва Абдуқодир Ҳусанов ҳақида гапирди  7 20:53РПЛ. "Зенит" ва ЦСКА Петербургда нурсиз дуранг ўйнади, Файзуллаев 67 дақиқа ўйнади  15 20:17Расман: Элдор Шомуродов — "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси!  22 19:42Футболда янги қоида пайдо бўлди  8 19:34U20 Осиё Кубоги. Финалда ғолиб пенальтилар серияси орқали аниқланди  7 19:17РПЛ. Эсанов захирадан майдонга тушган баҳсда "Акрон" мағлубиятга учради  1 18:52ПФЛ клубларни 25 мартга қадар қарзларни тўлашга чақирди  2 18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  4 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  22

Dilshod Rahmatov: "Ertaga deyarli final bahsida maydonga tushamiz" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: "Ertaga deyarli final bahsida maydonga tushamiz"

Futzal bo'yicha Oliy liga 9-turining ikkinchi kun o'yinlari doirasidagi "Huaxin-Jizzax" – "Lokomotiv" (5:1) bahsidan mezbonlar vakili Dilshod Rahmatov fikrlarini bildirdi.

- Bu turda "Huaxin-Jizzax"ni 2 ta muhim o'yin ("Lokomotiv" va AGMK) kutayotgandi. "Lokomotiv" to'sig'idan o'tildi, ertaga AGMK bilan bahs kutmoqda...

- To'g'risini aytsam, 2 ta o'yin demagan bo'lardim, chunki "Nasaf" jamoasini hisobdan chiqarib qo'ymoqdasiz. Hozir har bir klub bizga qarshi bor kuchi bilan qarshilik ko'rsatyapti. Bu esa bizga qiyinchilik tug'dirmoqda. Bir tarafdan bu yaxshi, chunki terma jamoa o'yinchilari rivojlanib borishyapti. Klubimiz ham o'z o'yinini topib bormoqda. AGMKdan 4 ochko ilgarilab ketganmiz, ertaga deyarli final bahsida maydonga tushamiz deb hisoblasak ham bo'ladi. Bugungi va kechagi o'yin orqali chempionlik sari muhim qadamni qo'ydik. 

- CHempionlikka katta qadam tashlandi deyapsiz. Bu ertangi uchrashuvda bolalarning motivaciyasiga salbiy tasir ko'rsatmaydimi?

- Yigitlarimiz professional. Yoshlarning ko'zlari yonib turadi, shijoatli bolalar yig'ilgan.

- AGMK siz va boshqa futzalchilarning sobiq jamoangiz hisoblanadi. Bu ichki ruhiyatga tasir qilmaydimi?    

- Ichki muhitga keladigan bo'lsak, hammasi alo darajada. Aytib o'tganimdek, yigitlar – professional. O'ylashimcha, bu xalaqit qilmaydi. 

-  "Lokomotiv" va "Nasaf" bilan o'yinlardagi g'alabalar oson qo'lga kiritildi deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, birorta o'yinni oson kechdi deb bo'lmaydi. Sababi chempionat yarmida "Metallurg"ga 1:4 hisobida mag'lub bo'lgandik. SHundan bilsa bo'ladiki, mensimasangiz, har qanday jamoa sizni yutib ketadi. Raqibga hurmat bilan qarash lozim.

- Joriy mavsumning 2 nafar kashfiyoti sifatida kimni ko'rsata olasiz?

- "Dinamo" jamoasidagi Daler Eshonqulov yaqqol ajralib turibdi. SHuningdek, jizzaxlik Elbek To'lqinov ham O'zbekiston milliy terma jamoasining kelajagi deb o'ylayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика