So’nggi yangiliklar

23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  4 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  1 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  2 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  15 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  2 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  4 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  198 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11 19:42"Арсенал" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:19АПЛда октябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга даъвогарлар маълум  6 19:01Ҳоланд, Мбеумо, Тимбер ва бошқалар: АПЛда ой футболчиси аниқланмоқда  2 18:41FIFA U-17 Жаҳон чемпионати расмий тимсоли эълон қилинди  2

"SQB Futzal Club" taqdimot brifingi bo'lib o'tdi Yangiliklar

"SQB Futzal Club" taqdimot brifingi bo'lib o'tdi

Havaskorlar o'rtasida o'tkaziladigan turli musobaqalarda qatnashib, sovrinli o'rinlarni egallab kelgan jamoa endilikda professional klub maqomini qo'lga kiritdi.

Jamoa O'zbekiston futzal federaciyasi shafeligida o' tkaziladigan mamlakat chempionati, kubogi va qolgan barcha musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish, malum yutuqlarga erishish hamda terma jamoalarga mahoratli, tajribali futzalchilar etkazib berishni o'z oldiga ustuvor maqsad qilib olgan.

Kuni-kecha, Toshkentdagi "O'zsanoatqurilishbank" ATB bosh ofisida "SQB Futzal Club" jamoasi taqdimot brifingi bo'lib o'tdi.

Dastlab so'zga chiqqan klub direktori Anvarjon Achilov shunday dedi: "O'zsanoatqurilishbank" sog'lom turmush tarzini yurtimiz bo'ylab targ'ib qilishni, jumladan, futzal sport turiga yoshlarni jalb etishni maqsad qilgan. Bank tashkil etilgan futzal klubi yuqori darajada faoliyat olib borishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor. Kelajakda klubni xususiylashtirish borasida ish olib boramiz. Professional maqomga ega bo'lgan jamoamiz nafaqat ichki chempionatimizda balki xalqaro maydonda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonaman. Shunga moslab tarkib shakllantiryapmiz. Shuning uchun Ravshan Eliboev, Akbar Usmonov, Dilmurod Shavkatov kabi tajribali futzalchilarni tarkibimizga qo'shib oldik. Bundan tashqari, kuchli legionerlarni qo'shib olish ustida ish ham olib boryapmiz".

Jamoa bosh murabbiyi Konstantin Sviridov ham jamoa faqat yuqori o'rinlar uchun kurashishini takidladi: "Jamoa 15 yildan buyon havaskorlar ichida turli musobaqalarda ishtirok etib keladi va mustahkam poydevorga ega. Endi esa yana bir maqsadimiz amalga oshdi –jamoa professional klub maqomini oldi. Professionallar ichida ham eng yuqori o'rinlar uchun kurashishni niyat qilganmiz. Albatta, bu maqsad yo'lida astoydil harakat qilamiz. Dastlab kubok bahslari orqali jamoaning bugungi holatini yanada yaxshiroq ko'rib, bilib olamiz. Tarkibdagi tajribali sportchilarimiz bilan yosh iqtirdorlarni birlashtirib, maqsadimizga erishishga harakat qilamiz".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика