Dilshod Nuraliev: “championat.asia ga hamisha omad yor bo'lsin”
02 dek 2013 16:29
Yangiliklar


Dilshod Nuraliev: “championat.asia ga hamisha omad yor bo'lsin”
O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev ham kechagi tadbirda qatnashdi va saytimizning uch yoshlik to'yi bilan tabrikladi.
- Yurtimizdagi eng ilg'or futbol sayti hisoblangan championat.asia ning uch yillik to'yi bilan tabriklayman. Kelasi tug'ilgan kunlarida ham qatnashish barchamizga nasib qilsin. Sayt ijodkorlariga ham rahmat, tinmay mehnat qilishmoqda, biz o'quvchilarga har kuni qandaydir yangiliklarni etkazib berishyapti. O'ylaymanki, championat.asia bundan keyin ham mana shunday parvoz qilishda davom etadi. Buning uchun sizlarga hamisha omad yor bo'lsin.

Fikrlar