Dilshod Irsaliev: "Maqsadimiz - "Do'stlik-AIN"ni engib birinchi o'ringa ko'tarilish"
20 jan 2017 15:16
Yangiliklar
Dilshod Irsaliev: "Maqsadimiz - "Do'stlik-AIN"ni engib birinchi o'ringa ko'tarilish"
Bugun futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 1 bosqich 3-turning uchinchi kun bellashuvlari o'tkazilmoqda.
Kunning dastlabki o'yinida amaldagi chempion "Olmaliq" "Paxtakor"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (7:0). Uchrashuvda dubl qayd etgan Dilshod Irsaliev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uchrashuvlarda g'alaba qozonib raqobatni engib o'tishga harakat qilayapmiz. Bugungi o'yinning oxirgi 5 daqiqasida o'ynovchi darvozabon bilan chiqib o'ylagan taktikalarimizni amalga oshirdik.
"Do'stlik-AIN"ga qarshi ertangi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, madsadimiz raqibni engib birinchi o'ringa ko'tarilib olish. CHunki, oldimizga chempionlik vazifasi qo'yilgan", - deydi Dilshod Irsaliev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar