So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Dilshod Irsaliev: Debyutantlik hayajoni pand berdi Yangiliklar

Dilshod Irsaliev: Debyutantlik hayajoni pand berdi

O'zbekiston futzali tarixida ilk bor jahon chempionati final bosqichida qatnashgan termamizning ishtiroki yomon taassurot qoldirmadi.

Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez boshchiligidagi futzalchilarimiz ayniqsa, kolumbiyaliklarga qarshi kechgan guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Biz terma jamoamizga mundiallardagi ilk ochkoni taqdim etgan ushbu bahsdan so'ng tajribali futzalchimiz Dilshod Irsalievdan intervyu oldik.

- Jahon chempionatini uzoq vaqt kutgan edinglar. Mana, nihoyat, mundialda qatnashish nasib etdi. Taassurotlar qanday?

- Kayfiyatlar alo darajada. Darhaqiqat, jahon chempionatida ishtirok etishni uzoq vaqt kutgandik. SHaxsiy fikrim, birinchi ishtirok uchun yomon natija qayd etmadik. To'g'ri, dastlabki o'yinda hayajon yaqqol ko'zga tashlanib qoldi. Aeroportdan tushgan zahotimiz jahon chempionati shukuhi bizni qamrab oldi. Kali shahri ko'chalari, mehmonxona, arena, mashg'ulot zallarida ham Kolumbiya nufuzli musobaqaga mezbonlik qilayotgani shundoqqina sezilib turibdi.

- Osiyo chempionati bilan solishtirganda, farq bo'lsa kerak?


- Albatta, bor. Bu birinchi galda tashkilotchilik masalalarida ko'zga tashlanadi. Ushbu gapim bilan fevral oyida poytaxtimizda o'tkazilgan Osiyo chempionati tashkilotchiligini nazarda tutmayapman. Mutaxassislar ham, mehmonlar ham, Toshkent shahrida bo'lib o'tgan qita birinchiligini musobaqalar tarixidagi eng yaxshisi sifatida baholashgandi. SHunchaki, jahon chempionati FIFA tomonidan tashkil etiladi. Undagi ishtirokchilar soni ham ko'p bo'ladi. Jamoalar saviyasi ham umuman boshqa, eng muhimi, uning hayajoni o'zgacha. Aynan mana shu hayajon bizga ilk uchrashuvda pand berib qo'ydi.

- Birinchi o'yinda Panama termasiga yutqazdinglar. Ochig'i, bunga loyiq emasdinglar, to'g'rimi?


- O'z xatolarimiz evaziga alamli mag'lubiyatga uchradik. O'yin mobaynida yuzaga keltirilgan ko'plab qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Juda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Oqibatda, panamalik futzalchilar bizni jazolashdi. Kolumbiya termasiga qarshi kechgan bahsdan keyin o'sha kamchiliklar va alamli mag'lubiyatni o'ylasam, yuragim orqaga tortib ketyapti. Agar Panama termasi ustidan zafar quchganimizda, hozir nimchorak final haqida o'ylayotgan, siz bilan shu mavzuda suhbatlashayotgan bo'larmidik...

- Panamaliklarga qarshi o'yindan so'ng murabbiylar nima deyishdi? Uchrashuv muhokama qilindimi?


- O'yinni tahlil qildik. Murabbiylar ham xatolarimiz evaziga mag'lubiyatga uchraganimiz, agar o'z o'yinimizni qilganimizda, 3-4ta to'p farqi bilan g'alaba qozonishimiz mumkinligini bildirishdi. SHu bilan birga, tushkunlikka tushmaslikka, mag'lubiyatni imkon qadar tezroq unutib, keyingi o'yinga ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'rishimiz kerakligini uqtirishdi. Bunday mag'lubiyatlar uchrab turadi. Kerakli xulosalarni chiqardik.

- Panama termasini mensimaslik holati kuzatilmadimi?


- Yo'q, chunki bu ko'pchilik o'ylagandek kuchsiz jamoa emas. O'z mintaqasining saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Lekin guruhdagi boshqa raqiblarimizga nisbatan bu terma haqida malumotlar deyarli yo'q edi. Kolumbiya va Portugaliya termalarini o'rganish osonroq kechgandi.

- Kolumbiya termasi bilan ijobiy natija qayd etilishini ko'pchilik kutmagandi. Mezbonlarning portugallarga qarshi kechgan o'yinini kuzata turib, biroz xavotir ham yo'q emasdi. Ayting-chi, ijobiy natijaning asosiy omili nimada bo'ldi?


- Birinchi galda raqibdan cho'chimagan holda maydonga tushdik, o'zimizga bo'lgan ishonch yuqori edi. Xuddi final uchrashuvida o'ynayotgandek harakat qildik. Barchamiz yagona maqsad sari intildik. Natija ham shunga yarasha bo'ldi. Menimcha, mezbonlar bizdan bunday shiddatni kutishmagandi. Ushbu omil bizning foydamizga ishlagani aniq. Birinchi bo'limning o'zida ikkita gol urdik, yana ko'plab imkoniyatlar yaratdik. O'z navbatida, mezbonlar ham ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. SHuni alohida aytishim kerak, shu kuni Rustam Umarov ajoyib tarzda harakat qildi. Uning ishonchli o'yini va ko'plab seyvlari jamoamizni muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Lekin yuqorida aytganimdek, g'alabani ushlab qololmadik. Umuman olganda, durang ham yomon natija emas.

- Jahon chempionati oldidan jarohatingiz bor edi. Mundialda bu o'z tasirini o'tkazmadimi?


- Yo'q. Hammasi joyida. Jarohatimdan forig' bo'lganman. Iyul-avgust oylarida jismoniy holatim biroz talab darajasida emasdi. Lekin mundial oldidan avvalgi sport formamini tiklab oldim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика