Dilshod Hamroev: "Senegalga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlangan"
12 iyu 2015 14:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/175150_original.jpg)
![](/upload/storage/175150_220.jpg)
Dilshod Hamroev: "Senegalga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlangan"
Yangi Zelandiyadagi mundial doirasidagi O'zbekiston - Avstriya (2:0) uchrashuvidan so'ng darvozabonimiz Dilshod Hamroevning fikrlari bilan qiziqdik.
- Kechagi o'yinda jamoa yigitlari bir-birini tushunib o'ynaganliklari, shiddatkor tempda harakat qilganliklari bois muvaffaqiyat qozondik deb o'ylayman. Himoyada ham, markazda ham, hujumda ham hamma jonini berib o'ynadi. Har bir vaziyatning o'z qiyinchiligi bor lekin Avstriya bilan o'yinda menga deyarli og'irlik tushmadi, desam ham bo'ladi. Buning uchun, albatta, himoyachilarimizga raxmat aytsa arziydi. Ular o'z vaqtida uyushqoqlik bilan harakatlana olishdi.
CHorak finaldagi raqibimiz o'yinlarini kuzatdik. Vaqtni boy bermasdan tayyorgarliklarni ham boshlaganmiz. Senegal bilan to'qnashuv bizning g'alabamizni taminlashi uchun astoyidil harakat qilamiz. O'zimizdagi ishonch va g'ayrat bilan, xalqimiz mehrini, duolarini qalban his etib maydonga tushamiz.
Gulshan Sadullaeva yozib oldi

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar