So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  10 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

Dilshod Andaev: "Hali "Mashal"da qiladigan ishlarim ko'p" Yangiliklar

Dilshod Andaev: "Hali "Mashal"da qiladigan ishlarim ko'p"

Birinchi ligada ishtirok etuvchi "Mashal-2" jamoamiz so'nggi turlardan vodiydan ochkosiz qaytmoqda.

Mavsum boshida yuqori maqsadlar qo'yilgan birinchilik jamoamizning bunday ishtirokiga nima sabab bo'lmoqda.  SHu va boshqa savollar bilan jamoa bosh murabbiyi Dilshod Andaevga murojaat etdik.  

- Dilshod aka,  yaqinda OAVlarida sizni "Andijon" jamoasida ishlashingiz borasida fikrlar bo'ldi.  Bunga qanday munosabat bildirasiz ?

Oliy liga jamoalarida faqatgina "Mashal" jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishlash niyatim bor.  Boshqa jamoaga o'tish haqida o'ylaganim yo'q.  Hozir birinchi ligadagi bo'lsada jamoaning rahbariyati menga ushbu jamoani ishongan.  Bu ishonchni oqlashim kerak.  Bir kun albatta asosiy tarkib bilan ham ishlash amalga oshadi deb o'ylayman.  

- "Mashal-2" jamoasi ikkinchi bosqichni bir yirik g'alaba,  bir yirik mag'lubiyat bilan har xil o'tkazmoqda.  Bu nima bilan bog'liq ?

Bu yoshlarimizga vaziyatni ushlab qolishni yo'qligi bilan bog'liq.  Bir uchrashuvda chiroyli o'yin ko'rsatib mag'lub bo'lsa,  bir o'yinda juda ham ko'p xatolar bilan g'alaba qozonmoqda.  Yoshlar vaziyatni ushlab qola olmayapdi.  O'zlariga bo'lgan ishonch ko'rinmaydi.  Yosh tarkibimiz o'yin davomida ham shunday bo'lmoqda.  Birinchi bo'lim yaxshi o'yin ko'rsatib,  aksincha ikkinchi bo'limda qoniqarsiz o'ynamoqda.  Jamoamiz ichida muammolar ham ko'p.  Hozir bir necha futbolchimiz jarohatda va maydonga tusha olmayapdi.  

- Ikkinchi bosqichning ortda qolgan turlari borasida qanday fikrdasiz? 

Avval ham aytganimdek vodiy va Toshkent jamoalari "G'arb" mintaqaga qaraganda kuchliroq.  O'yin uslubi ham ko'proq texnikaga asoslangan bo'ladi.  Har bir o'yin og'ir kechib oson g'alaba bo'lmaydi.  Qiyin o'yinlar ham hali oldinda.  Kuchli jamoalar ko'p.  Masalan "Oqtepa",  "Cementchi",  "Kosonsoy" jamoalar menga ijobiy taassurot qoldirdi.  Qolgan jamoalar borasida hali fikr bildira olmayman.  "Paxtakor-2" jamoasi haqida esa alohida aytib o'tishim kerak.  Bu o'yin meni qiziqtirmoqda.  Maqsadimiz ko'proq uchrashuvlarda maydonga chiqish va amaliyotni oshirishdan iboratdir.  Bosh jamoamizga munosib futbolchi etkazishni ko'zlaganmiz.  

- Jamoa bu bosqichga o'tgach tarkibda jiddiy o'zgarishlar ko'zga tashlandi.  Yoshlar jamoasidan bir necha futbolchi jalb etildi.  Jamoani kuchaydi deb aytsak bo'ladimi ?

Kuchaydik deb o'ylamas edim.  Yoshlar tarkibidan kelib qo'shilgan futbolchilar amaliyotsiz qolib ketdi.  Misol uchun Hamdamov bor yo'g'i 30 foiz maydonga tushdi.  Durbek Kamolov 20 foiz,  Mahmudov 50 foiz,  Abdiev 25 foiz uchrashuvda maydonga tushishdi.  Bular bilan endi ko'proq amaliyot borasida ishlashimiz kerak.  Tarkibga kelib qo'shilgan futbolchilar jamoani kuchaytirmadi va tarkib qanday bo'lsa shundayligicha saqlanib qolgan.  

- Birinchi liganing ikkinchi bosqichida so'nggi ikki o'rinni egallagan jamoalar turnirni tark etadi.  Bunda siz jamoa imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

Biz natija uchun emas futbolchi etkazib berish uchun ishlamoqdamiz.  Natijaga ko'p ham etibor qaratmayman.  Har bir o'yinda so'ng futbolchi o'ziga nimadir olishi kerak.  Jamoamiz shiori ham shu bois "Biz yulduzlarni sotib olmaymiz,  biz ularni kashf etamiz" deb aytilmoqda.  Jamoaning so'nggi ikki pog'onada qolib tushib ketmasligiga ishonaman.  


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика