So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  18 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Dilmurod Karimovning dubli “Metallurg”ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Dilmurod Karimovning dubli “Metallurg”ga g'alaba keltirdi

Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” akademiyasining suniy qoplamali maydonida oliy liga vakili – Toshkentning “Obod” jamoasi bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Har ikkala to'pni poytaxtliklar darvozasiga “Metallurg” yarim himoyachisi Dilmurod Karimov kiritdi.

Uchrashuvni toshkentliklar faol boshlashdi. Birinchi taym mobaynida bekobodliklar asosan standart vaziyatlarga ega bo'lishi bilan yodda qoldi. Hududiy ustunlikni qo'lga olgan “Obod” jamoasi o'yinchilari esa birinchi taymning o'zida bekobodliklar darvozasi yonida o'nga yaqin xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. “Metallurg” posboni birinchi taymda uchta, ikkinchi taymda esa ikkita vavziyatda  bekobodliklarni muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Taym yakuniga etib borayotgan bir vaziyatda esa poytaxt viloyati vakillari tezkor qarshi hujumni uyushtirishdi. Jamoaning o'tgan yilgi to'purari Zohid Abdullaevni jamoadoshlari raqib posboni bilan yakkama yakka vaziyatga chiqarishdi. Zohid darvozabonni ham aldab o'tgandi, ammo posbon hujumchini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Uchrashuv bosh hakami Viktor Serazetdinov esa ikkilanmasdan 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Jarohat olgan Abdullaev o'rniga tushgan Dilmurod Karimov esa penaltini sovuqqonlik bilan ijro etdi va “Metallurg”ni hisobda oldinga olib chiqdi.


Ikkinchi taymda bekobodliklar ustozi bir qator tajribali o'yinchilarni maydonga tushirgach, o'yin tenglashdi. Endi “Metallurg” futbolchilari ko'proq vaziyatlar sodir eta boshlashdi. Xuddi shunday hujumlardan birida “Obod” himoyachilari o'ng qanotda “fol” bilan o'yinni to'xtatib qolishdi. Bu esa poytaxtliklarga qimmatga tushdi. Darvozagacha chamasi 25 mertlar olislikdan Dilmurod Karimov ajoyib zarbasi bilan to'pni darvozaning olis yuqori burchagiga joylab qo'ydi – 2:0. Bu hisob esa uchrashuv oxirigacha o'zgarmasdan qoldi.

Turkiya safari oldidan “Metallurg” 3 fevral kuni “Bunyodkor” jamoasining yoshlar tarkibiga qarshi yana bitta nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan. Kecha esa “Metallurg” yoshlar jamoasi Olmaliqda poytaxt viloyati derbisida mezbonlarning yoshlar tarkibiga qarshi to'p surdi va bu o'yinda durang natija qayd etildi – 2:2.

“Metallurg”  – “Obod”  – 2:0 (1:0). “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
Hakam:
Viktor Serazetdinov.
“Metallurg”: Suhrobjon Sultonov, Davronbek Karimqulov, Hikmat Hoshimov, Dostonbek Tursunov, Vusol Magerramov, Alisher Ziyovuddinov, Farhod Namozov, Jahongir Abdumo'minov, Sanjar Qodirqulov, Ayubxon No'monov, Zohid Abdullaev.
Zaxira: Zafar Safoev, Doniyor Odilov, Dilmurod Karimov, Mirg'iyos Sulaymonov, Kamronbek Kopadze, Jasur Ahmedov, Evgeniy Tanaev, Muhammadodil Qahramonov, Nodir Yo'ldoshev.


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика