So’nggi yangiliklar

21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  0 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8

Championat.Asia va Transfermarkt O'zbekiston Superligasining oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi Yangiliklar

Championat.Asia va Transfermarkt O'zbekiston Superligasining oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi

Ovoz berishda Championat.Asia xodimlari va Transfermarkt’ning rus tilidagi tahririyati rahbari Georgiy Lekarev ishtirok etdi.

Shuningdek, o'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri, o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha terma jamoa rekordchisi (128 o'yin) va Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi (2008 va 2011) Server Jeparov ham ekspert sifatida qatnashdi. Hisobga faqat Superliga o'yinlari, aniqrog'i, oktyabr va noyabr oyi boshidagi terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan keyin o'tkazilgan uchta tur (25, 26 va 27-turlar) kiritilgan.

Superliganing oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi Vitaliy Levchenko bo'ldi. Uning qo'l ostida "Neftchi" uchta o'yinda uchta g'alabaga erishdi. Shu tariqa, Farg'ona klubi mamlakatning amaldagi chempioni "Nasaf"ni ortda qoldirib, turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi. Qatnashchilarning 52 foizi Levchenkoga ovoz bergan.

Biroz farq bilan Superliganing oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi Behruz Karimov bo'ldi. "Surxon"ning 18 yoshli himoyachisi uchta o'yinda uchta gol urdi. Qizig'i, bu gollar Karimovning kattalar safidagi ilk gollari bo'ldi. Karimov 32 foiz ovoz to'plab, "Bunyodkor" vingeri Imeda Ashortiyani (26 foiz) atigi bir ovozga ortda qoldirdi.


Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
08 noy 14:58:21
From Earth
Энг яхши мураббийликка Камолиддин Тожиев муносиб эмасмиди?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика