So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  41 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Dilmurod Karimov: "Biz g'alabaga haqli edik" Yangiliklar

Dilmurod Karimov: "Biz g'alabaga haqli edik"

“Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvining eng faol o'yinchilaridan biri Dilmurod Karimov o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirdi.

-  Jamoamizda yaxshi bir xususiyat shakllangan. Biz doimo kuchli jamoalarga qarshi kuchli tayyorgarlik ko'ra olamiz. O'yindan oldin murabbiylarimiz bizni qiyin o'yinga ham jismonan, ham ruhan tayyorlay oldi deb o'ylayman. Biroq o'yinning ilk daqiqasidanoq gol kiritib, ustunlikka erishishni o'ylamagandik. Hammasi biz uchun muvaffaqyaitli boshlandi. Birinchi hujumdayoq jarima maydonida to'pni sheriklarimdan qabul qilib olganimda menda ham zarba berish imkoniyati bor edi. Lekin, chaproqda Zohidning ochilayotganligini ko'rdim va darhol to'pni unga uzatdim. To'purarimiz vaziyatdan unumli foydalanib, barchamizga ko'tarinki kayfiyatni taqdim etdi. 27-daqiqada Murod Toshmatov jarima maydoni yaqinida standart vaziyat ishladi. Jarima to'pini jonli devorni aylantirib, darvoza tomon yo'lladim. Ignatiy zarba yo'nalishini topolmay qoldi. Afsuski, biz g'alabaga haqli edik. Faqatgina o'yin davomida yuzaga kelganim qiyinchiliklar tufayli muhim uch ochkodan mahrum bo'ldik. Birinchi taymning o'zidayoq markazda Jahongir Abdumo'minov salomatligi bois maydonni tark etdi. Doniyor Odilovga “Nasaf” bilan o'yinda olingan jarohat to'liq kuch bilan o'ynashiga xalaqit beryapti. Maydonga tushgan yosh o'yinchilarimizda esa kuchli, peshqadam jamoalarga qarshi o'yin tajribasining kamligi pand berdi. Markazni qo'lga olgan “Lokomotiv” mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Oldinda, “Neftchi”ga qarshi yana bitta murakkab o'yin bizni kutib turibdi. Birinchi davrani yuqori notalarda tugatishni o'ylayapmiz, deydi Dilmurod Karimov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика