PSJ muxlislari "Dijon"ga qarshi bahsda 4ta gol urgan Neymarga xushtak chalishdi
18 jan 2018 11:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/300561_original.jpg)
![](/upload/storage/300561_220.jpg)
PSJ muxlislari "Dijon"ga qarshi bahsda 4ta gol urgan Neymarga xushtak chalishdi
PSJ hujumchisi Neymar "Dijon"ga qarshi bahs (8:0) yakunida jamoa muxlislari tomonidan xushtakbozlikka uchradi.
83-daqiqada parijliklar penalti ishlashdi. To'p qarshisiga uni ishlagan Edinson Kavani emas, Neymar yaqinlashganida ishqibozlar xushtak chala boshlashdi. Braziliyalik nishonda adashmadi. Agar Kavani ushbu standartni ijro etib, gol urganida, u PSJdagi gollar bo'yicha Zlatan Ibragimovichdan o'zib ketgan bo'lardi. Bundan tashqari, tribunadagilar "Ka-va-ni, Ka-va-ni!" deb baqirishdi.
Ushbu uchrashuvda Neymar 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar