So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Diego Maradona: “Messi Ronaldudan kuchli emas va aksincha” Yangiliklar

Diego Maradona: “Messi Ronaldudan kuchli emas va aksincha”

Diego Armando Maradona haligacha ajoyib harakatlari bilan ishqibozlarni xursand qilishga qodir ekanini Rimda o'tgan “Tinchlik o'yini”da namoyish etdi.


U muxlislarning butun bir avlodi uchun haqiqiy kumirga aylangan. Intervyu jarayonida futbolga juda ko'p narsalar berishga ulgurgan Diegoning hamon ushbu sport turiga ko'p hissa qo'shishga kuchi etishi sezilib turdi.


- Ayni paytda hayotingizning qaysi bosqichidasiz?

- Mo'jizaviy, baxtli davrini yashayapman. Men sevgan insonlar atrofimda, bolalarim va nabiram Benjamin sog'-salomat. Jahondagi barcha bilanman, shuningdek, Yaratganga shukr aytaman. Futbolga kelsak, Infantino bilan suhbatlashdim va o'zim bir necha yillar davomida kurashib kelgan narsalarni eshitdim: futbol o'yinchilarga tegishli va rahbariyatga tegishli bo'lishi mumkin emas.

- FIFAda ishlash imkoniyati bo'lganda birinchi navbatda qanday ishni amalga oshirardingiz?

- To'p tepib ko'rmagan rahbar bolaligidan futbol o'ynagan va odamlarga ko'p narsa bergan insonlarga buyruq berishi kerak emas. Boban, Ugo Sanches, Rujeri kabi sobiq o'yinchilar bilan gaplashdim. Biz futbol uchun kurashishga kelishdik. Infantino hamkorlik qilishga vada berdi. 30 yildan beri futbolga ilgarigi obro'sini qaytarish uchun kurashaman.

- Bunday holatda Platini xafa bo'ladi.

- Ha, u futbolchiga hech narsa bermadi. Bunga etibor qilmadi. Biz hurmatni yo'qotdik va barchasi tugadi. U bizga quloq solmadi va biror daqiqasini sarflamadi.

- Murabbiylik faoliyatini yakunladingizmi?

- Umuman yo'q. Hali shug'ullantirishni xohlayman. Biroq futbolda katta mafiya bor. Bunga ko'zni yumish mumkin, ammo u qaysidir darajada mavjud. Murabbiylar dunyosida barcha narsani agentlar hal etadi, mutaxassisning xizmati emas. SHunday agentlar borki, ularga pul to'lamasdan biror jamoani boshqara olmaysiz. Qanday bo'lsa, shunday gapirish lozim. Men bunda ishtirok etmayman.

- Bu siz uchun qiyinmi?

- Futbol o'ynaganman va uni murabbiy sifatida o'rgatishga urinaman. SHu sababli shug'ullantirishga tayyorman, ammo o'sha odamlarga pul to'lab emas. Hozir murabbiylar “Valensiya”dan “Real”ga, “Barsa”dan “Siti”ga, u erdan “Yunayted”ga ko'chib turibdi, bunga ishonib bo'lmaydi. Xuddi zanjir singari. 15 yil oldin “Real” yoki “Milan”ga murabbiylar erkinroq kelishardi. Bugun esa hokimiyat agentlar qo'lida. Men hurmat qiladigan Benitesning “Real”dagi ishlari yurishmagan holatda bu futbolchilar etishmasligi tufayli sodir bo'ldi deb gapirmang. Yo'q, u xato qildi. Biroq oradan hech qancha o'tmasdan unga “Nyukasl”dan uch yillik shartnoma taklif etishdi. Kimdir buni menga tushuntirib bera oladimi? Bu oddiy holatmi yoki nimadir noto'g'rimi?

- Florentino Peres jamoani Zidanga ishondi. Sizga sobiq klublaringizdan biri shunday imkon berishiga umid qilasizmi?

- Ehtimol, “Barsa” yoki boshqa klublarga to'g'ri kelmasman, ammo biror jamoada omadga urinib ko'rishim mumkin. O'yinchilik davrimda hamma narsani ko'rsatganman, ammo bugun murabbiy bo'lish uchun yaxshi futbolchi bo'lishning o'zi etarli emas. SHuning uchun Zidan muvaffaqiyatga erishganda quvonaman, chunki u futbolchini tushunadi. Va yakunda u mag'lubiyatga uchrasa, rahbarlar uning yaxshi futbolchi bo'lgani, ammo   yomon murabbiy ekanini aytishadi. Kroyff omadni tutib olgandi, u murabbiy sifatida barcha narsani yutgan va rahbarlarni hayratda qoldirgan.

- Murabbiylar haqida gapirsak, CHempionlar ligasi Diego Simeone oldida qarzdormi?

- U katta ishni amalga oshirdi. Diegoni inson va professional sifatida hurmat qilaman. “River” bilan u chempionlikdan so'nggi pog'onagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi, sharaflanishdan omadsizlikka bir necha oy ichida. Hozir u “Real” va “Barsa” bilan teng kurashmoqda, raqiblar tarkib borasida ikki baravar kuchliroq ekaniga qaramay. Ikki safar CHempionlar ligasida engildi, u qo'lidan kelgan ishni qildi va jamoasi o'yini bilan bunga erishdi.

- Ko'pchilik uni zerikarli futbolda ayblaydi.

- Lekin sovrinlarni yutayotgan hujumkor jamoalar qaerda? Ha, “Ayaks” ajoyib, biroq u hech narsa yutmayapti. “Bavariya” Germaniyada barchani engyapti, ammo u erdan yuz kilometr tashqarida muammolarga uchramoqda.

- Pep shou tashkil etmoqda.

- Gvardiola ajoyib inson va barchasi yaxshi, ammo “tiki-taka”ni u kashf qilganiga meni ishontira olmaysiz. Uni Kroyff o'ylab topgan va birinchilardan bo'lib amalga kiritgan.

- Bugungi kunda Messi va Ronaldu o'rtasidagi qarama-qarshilikni qanday ko'rasiz?

- Hamma ligalarni tomosha qilaman. Bu esa yaxshi. Leo va Krishtianu boshqalardan ustun. Krishtianu hamisha kurashgani uchun menga ko'proq maqul keladi. Lionelga kelsak, u fenomen hisoblanishi uchun jahon Kubogini boshi uzra ko'tarishi shart emasligini takrorlashdan charchadim. Bu haqida gapirishni to'xtatish kerak! U madhiya aytmasligi, xarakter etishmasligi to'g'risida. Uni tinch qo'ying! U terma jamoada maydonga tushishdan bosh tortishga haqli. Xuddi yozda bo'lganidek. Keyin uni tanqid qilganlar termaga qaytishini so'rab yolvorishadi. Bu nima degani?

- Leo yana uzoq yillar taxtda qoladimi?

- O'ylashimcha, ha. Messining xarakteri to'g'risida gapimni bir matndan keltirib olishgan (2016 yil iyunda Madriddagi “AS” gazetasi Maradonaning Messida etakchi bo'lish uchun xarakter etishmasligi haqida aytgan gapini keltirgan). O'sha kuni Pelega ilgari har bir jamoada yulduz xarakteriga ega 5-6 nafar futbolchi bo'lganini aytgandim. Masalan, deyarli darvozabonsiz o'ynagan BraziliyadaPele, Tostao, Rivelino, Karlos Alberto, Klodoaldo, Jairzino bor edi. Messiga ko'p marta u to'g'risida qanday o'ylashimni aytganman. SHu sababli o'sha kuni yozilgan narsalar meni unchalik bezovta qilmagan.

- Messi chempionat va kubokni yutdi, Ronaldu esa CHempionlar ligasi va Evropa chempionatini. “Oltin to'p” portugaliyalik futbolchiga nasib etishi lozim deb hisoblaysizmi?

- Gap shundaki, men uchun “Oltin to'p” hal qiluvchi mezon emas. Masalan, men darvozabonlarni umuman yoqtirmayman. 2014 yil Krishtianu, Messi va Noyer orasida aslida Germaniya posboni birinchi bo'lishi lozim edi, chunki u jahon chempionatida zafar quchgandi. Taqqoslashga qaytsam, Messini Krishtianudan, yoki Ronalduni Leodan kuchliroq deb ayta olmayman. Ularning ikkisi menga yoqadi. Ular doim cho'qqida va har ikkisini jamoamda ko'rishni istagan bo'lardim.

- Neymar bir pog'ona pastdami?

- U Leo va Krishtianuni dog'da qoldirish uchun o'sdi. Hozir g'alabaga intiladigan ikki emas, uch futbolchi bor. Braziliya bu qarama-qarshilikka qo'lini tushirib qarab turmasligini bilgandim. Rivaldo, Ronaldino va Kakadan keyin Neymar paydo bo'lmoqda. U barchaga zavq ulashmoqda. Neymarni 200 marta tepishadi, biroq u himoyachilar tomonga borishda davom etadi.

- “Real”da kim etiboringizni o'ziga jalb qiladi?

- Modrich, u – yulduz. Bo'yining pastligi to'pni nazorat qilishga ideal mos keladi. Bundan tashqari, u to'p bilan oldinga o'tadi, pas beradi, gol uradi va kuchli xarakterga ega. Yoshlar orasida Morataning kelajagi bordek, lekin u hali maydonda ko'p narsalarni isbotlashi lozim. Hozircha u menga qiziqarli tuyulyapti.

- Himoyachilar to'g'risida gaplashsak. Sizningcha, Serxio Ramos yuqori saviyadagi futbolchimi?

- Men uchun u yulduz emas. Uni juda hurmat qilaman, xarakteri bor o'yinchi. Bunga yovvoyi zarbalarini qo'shing. Biroq hozirgi avlod himoyachilari mening davrimdagilarga tenglasha olmaydi. Barezi, Verxovod, Alesanko, Migeli. Ular alohida shaxslar edi.

- Pike qanday darajada?

- Menimcha, Ramosdan yuqoriroq. To'pni yaxshiroq nazorat qiladi, himoyadan yaxshiroq chiqishni eplaydi. Serxioda to'p bilan ishlashda muammo bor. Biroq Pike ham oldingi himoyachilar singari emas. Har ikkisi menga yoqadi. Biroq menda shunday qarash bor: bugun oldingidek yaxshi hujumchilar yo'qligi sababli himoyachilarga etibor berilmoqda. Messi, Ronaldu va Neymar boshqalarni sezilarli darajada ortda qoldirmoqda.

- Sizga jamoa to'pni himoyadan tepib yuborishi yoqmaydimi?

- Ha, aniq. Himoyachilar to'pni kuchli zarba bilan tepib yuborishi yoqmaydigan maktabdanman. Bir safar Maskerano to'pni 50 metrga tepib yuborganini ko'rgach, unga 15 metr masofada sherigi turganda boshqacha qarorga kelishini aytgandim. Boshqa safar Peru – Argentina uchrashuvida terma jamoamiz nimalar ustida ishlashi kerakligini ko'rdim. Biz yaxshiroq o'ynashimiz lozim. Bizda ajoyib hujumchilar mavjud: Dibala, Iguain yoki Aguero, ammo Messisiz ular o'zlarining yaxshi taraflarini ko'rsata olishmaydi.

- Ispaniyani Rossiyadagi mundial favoriti sifatida ko'rasizmi?

- Ispaniya doim yorqin o'yini sababli nimadir keltiradi. Futbolchilar va ligasi hamisha qiziq. Yana Kroyff futbolga olib kirgan “tiki-taka”si bilan ham.

- “Kubokni shunday yutganmiz” kitobingizni “Messidan keyin nima bo'ladi?” jumlasi bilan tugatgansiz. Bu savolga o'zingiz javob bera olasizmi?

- Argentina o'nlab futbolchilarni sotishga ko'nikkan, ammo hozir ularning o'n foizini sotishda qiyinchilikka duch kelyapti. Agentlar faoliyati tufayli. O'smirlar futbolida muammo boshlangan. Messidan so'ng nima bo'ladi? Bu meni bezovta qiladi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика