Tunislik haqam Maradona qo'l bilan gol urgan to'pni sotishdan bosh tortdi

17 noya 2022, 13:58
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradona tomonidan Angliya termasi darvozasiga qo'l bilan kiritilgan to'p aukcionda sotilmadi.

Ushbu to'p tunislik hakam Ali Bin Nosirga tegishli. U to'p uchun 2,5-3 mln funt ishlab olishni kutgandi. Kim oshdi savdosida narx 1,4 mln’dan boshlanib, oxirgi taklif qilingan narx 2 mln funtni tashkil etdi. Tunislik hakamni esa bu taklif qoniqtirmadi va u sotishdan bosh tortdi. Sotuvchi va xaridorlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Bin Nosir ushbu mashhur buyumni dunyo bilan baham ko'rishning vaqti kelganini aytdi va u xaridorning to'pni ommaga namoyish etishiga umid bildirdi.

Maradona mazkur to'p bilan kiritilgan golni 1986 yilgi Jahon Chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi o'yinda kiritgan. O'shanda Argentina termasi inglizlar ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi va keyinchalik mundial chempioniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com