Diego Lopes: “Menga Kasilyas bilan raqobatlashish yoqadi”
11 noy 2013 12:38
Yangiliklar


Diego Lopes: “Menga Kasilyas bilan raqobatlashish yoqadi”
Madridliklar safida o'zining 50 o'yiini o'tkazgan darvozabon Diego Lopes, hamkasbi Iker Kasilyas bilan munosabatlari xususida fikr bildirib o'tdi.
“Biz do'stona munosabatdamiz, biroq roqabat ikkalamizga ham katta foyda keltiradi deb o'ylayman. Menga Kasilyas bilan raqobat qilish yoqodi.
Men bir o'yinda, Kasilyas esa ikkinchi o'yinda o'ynashi, hech qanday noqulaylik tug'dirmaydi. Men har doim o'z ustimda tinimsiz ishlashni yoqtiraman, maydonga tushishni esa murabbiy belgilab beradi, - deydi Lopes.
Eslatib o'tamiz, “Real” Lopesning maoshini ikki baravarga 4.5 million evroga oshirdi.

Fikrlar