Diego Kosta tug'ilgan shaharchasida futbol akademiyasi ochdi
17 fev 2015 16:16
Yangiliklar


Diego Kosta tug'ilgan shaharchasida futbol akademiyasi ochdi
Ispaniya terma jamoasi va "CHelsi" hujumchisi Diego Kosta Braziliyadagi tug'ilib o'sgan Lagartu shaharchasida futbol akademiyasini ochdi.
"Bu loyihani o'z agentim yordami bilan boshladim va maqsadim qachonlardir men uchun yopiq bo'lgan eshikni bolalar uchun ochish. Men ko'chalarda qolib ketgan bolalarga yordam bermoqchiman. Akademiya ularga yangi hayot bag'ishlaydi. Lagartu - kichik shaharcha va bu akademiya shaharning rivojlanishiga o'zining kichik hissasini qo'shadi.
Akademiyada professionallar ishlaydi. Bolalarda ovqat, tibbiy xizmat, yaxshi hayot tarzi bo'ladi. Murabbiylar doimo yordamga tayyor. Professional futbolchi bo'la olmagan bolalar, shunchaki yaxshi insonga aylanishadi. Akademiyam borligidan xursandman" - deydi futbolchi.

Fikrlar