Diego Kosta keyingi mavsumda APLda 20 tadan ko'p gol urmoqchi
27 iyu 2015 17:14
Yangiliklar


Diego Kosta keyingi mavsumda APLda 20 tadan ko'p gol urmoqchi
"CHelsi" hujumchisi Diego Kosta keyingi mavsumda o'zining statistik ko'rsatkichlarini yaxshilab olmoqchi ekanligini aytib o'tdi.
"O'tgan mavsumda 20 ta gol kirita oldim va bu yaxshi natija. Lekin, men bu natijani yanada yaxshilashga harakat qilaman. Hayotda doimo o'sishga va rivojlanishga harakat qilish kerak. O'tgan mavsumda jarohatlarim ham bor edi. Bu mavsumda esa barcha o'yinlarda maydonga tushishni istayman. O'z gollarim bilan jamoaga yangi sovrinlar yutishga yordam bermoqchiman. Agar jamoa sovrin yutmaydigan bo'lsa urgan gollaringni hech qanday qiymati bo'lmaydi", - deydi futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar