Diego Forlan: "Hech bir o'yinchi klubdan muhim emas. Xato - futbolchilarga bunday huquqni berish"
05 fev 2021 10:15
Yangiliklar


Diego Forlan: "Hech bir o'yinchi klubdan muhim emas. Xato - futbolchilarga bunday huquqni berish"
"Atletiko" va Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi Diego Forlan futbolchilar klubdan muhim bo'la olmaydi deb hisoblaydi.
"Hech bir o'yinchi klubdan muhim emas. Futbolchiga bunday huquni berish - bu xato.
Serxio Ramos, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messidek kuchli o'yinchilar jamoada bo'lishi muhim, ammo ularni nazorat qilish va ularga cheklovlar qilish oson ish emas.
Ular [o'yinchilar] "ramka"dan chiqishsa, cheklovlar qo'yish uchun klubda kimdir bo'lishi kerak. Bunday odamlar bor yoki yo'q, buni bilmayman.
Bunday darajadagi futbolchilar muhim, ammo qaror qabul qilish kerak. SHunday o'yinchilar borki ular boshqalardan bir pog'ona yuqorida bo'lishadi, bunday bo'lishi mantiqan to'g'ri, ammo "ramka"dan chiqib ketmaslik kerak", - deydi Forlan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar