So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  5 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  56 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Dide Drogbaning hayot qoidalari Yangiliklar

Dide Drogbaning hayot qoidalari

Teglar :  Dide Drogba
Dide Drogba XXI asrning eng kuchli hujumchilaridan biri edi. Uning so'nggi klubi Amerika Qo'shma SHtatlari ikkinchi divizionining "Feniks Raysing" jamoasi edi. Kotdiuvarlik futbolchining hayot qoidalari haqida malumot beramiz.

"CHelsi"da hayotimdagi eng yaxshi damlarni boshimdan o'tkazdim. Nafaqat futbolchi, balki shaxs sifatida ham.

Menda ko'k qon bor va uni o'zgartirib bo'lmaydi.

Etakchilik qobiliyati siz bilan birgalikda dunyoga kelmaydi, unga erishish kerak.

Futbol maydonida hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Agar bizda g'alaba qozonish uchun atigi bitta imkoniyat bo'lsa, men u uchun kurashaman.

Mourino meni Evropaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylantirdi. SHu bois dunyoning istalgan nuqtasigacha unga ergashishga tayyorman.

Odamlarning futbolchilarga hasad qilishlari g'alati. Ularning takidlashicha, futbolchilarda aql yo'q, lekin kiritgan to'pi evaziga millionlarga ega bo'lishadi. Men ishonamanki, hayotda siz qilgan ishingizga yarasha haq olasiz.

CHempionlar ligasi kubogini boshim uzra ko'tarish faoliyatimdagi eng muhim voqea sanaladi.

Xitoyga yo'l olishdan avval Marselga qaytishimni aytganimni hozir ko'pchilik yodga oladi. Balki bir kun kelib shunday bo'lar. Francuz klubi mening qalbimda mangu yashaydi.

Yugurgib ketayotganingizda, to'pni qabul qilish va uzatmalar amalga oshirish borasida qaror qabul qilish chog'ida to'pning traektoriyasiga ham etibor qaratishingiz kerak, hammasi juda tez bajarilishi lozim. Tezlik barchasini hal qiladi.

Munosib mehnat munosib taqdirlanishi kerak.

Istalgancha o'tkazib yuborilgan golga javob berishga qodir bo'lgan jamoalar bor. Ular safarda besh-oltita gol o'tkazib yuborishlari mumkin, ammo o'z maydonida undan ko'proq gol urishadi. "CHelsi" aynan shunday jamoa.

SHaxsiy muammolarim o'yinim sifatiga tasir qilishiga yo'l qo'ymayman.

Evrebeni hakamlik qilishi - bu sharmandalikning o'zginasi!

Krishtianu Ronaldu Messidan yaxshiroq ekanini hamma biladi, buni bazilar tan olishi qiyin.

Har bir futbolchi Milanda o'ynashni orzu qiladi.

Mourinoning o'zini g'olib bo'lishga tayyorlagan va bu xususiyatni "CHelsi" DNKsiga kiritdi.

"CHelsi"ning asosiy raqibi "Liverpul", "Arsenal" yoki MYU emas, "CHelsi"ning o'zi.

Finalda g'alaba qozonishingiz kerak. Yarim final, chorak finaldagi mag'lubiyatlar unutiladi, lekin finaldagisi siz bilan abadiy qoladi. Keyinchalik 2-, 3-, 4-, 5-finalda g'alaba qozonsangiz ham, baribir o'sha mag'lubiyatni yodga olasiz.

SHevchenkodan ko'p narsani o'rgandim. Ayniqsa, sovuqqon bo'lishni, gol urish imkoniyatini kutishni undan o'rgandim.

Taqdirga ishonaman. Agar biror narsa sodir bo'lmagan bo'lsa, demak peshonaga shunday yozilgan.

Murabbiy ikki narsani o'rgatishi mumkin: ishonch va texnikani.

Futbolda barcha yaxshi narsalar ko'z ochib yumguncha o'zgarishi mumkin.

Angliyada hech qachon irqchilik muammosiga duch kelmaganman.

Doimiy sayohatlardan va o'zimning o'yinimdan charchamagunimcha futbol o'ynayveraman.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика