Dida Donnarummaning murabbiyiga aylanadi
02 avg 2020 14:56
Yangiliklar
Dida Donnarummaning murabbiyiga aylanadi
"Milan" tarkibida uzoq yillar o'ynagan sobiq darvozabon Dida asosiy tarkib jamoasida ish boshlashga yaqin turibdi.
U kelasi mavsumdan boshlab, asosiy tarkib darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlaydi va Jiji Turchining o'rnini egallaydi. 2019 yil boshidan buyon u "Milan"ning 17 yoshli jamoasini boshqarib kelayotgandi.
Braziliyalik murabbiy "Milan" tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri hisoblanadi. Navbatdagi mavsumda "Milan"ning asosiy tarkibida ish boshlashini Didaning o'zi ham tasdiqladi.
Fikrlar