Dibala "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
9 avg 2020, 22:57
Turin klubi hujumchisi Paulo Dibala jamoa bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.

Faqat u ish haqini oshirishlarini xohlamoqda.

Argentinalik futbolchi rahbariyatdan yiliga 15 million evro so'ramoqda. Yangi shartnomaning muddati esa 2025 yilgacha bo'ladi.

Dibala joriy mavsumda A Seriyaning 33 uchrashuvida qatnashib, 11 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, Italiyada o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira