Di Mariya JCH-2022 dan keyin Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini malum qildi
31 may 2022 19:30
Yangiliklar
Di Mariya JCH-2022 dan keyin Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini malum qildi
Anxel Di Mariya Jahon chempionatidan so'ng Argentina terma jamoasidagi faoliyatiga yakun yasaydi.
"Jahon chempionatidan keyin terma jamoani tark etish vaqti keladi. Asta-sekin jahon darajasiga chiqayotgan, o'zini ko'rsatishga tayyor yigitlar ko'p. Qatardagi jahon chempionatidan so'ng men chetga chiqaman", – dedi Di Mariya.
34 yoshli Di Mariya Argentina terma jamoasida 2008 yilning sentyabrida debyut qilgan. U jamoa bilan birgalikda 2021 yilda Amerika Kubogini qo'lga kiritdi.
Argentina terma jamoasi safida 121 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urgan va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar