Di Kanio: "Bu ishi uchun MYU direktorlarini qamab qo'ygan bo'lardim"
11 okt 10:48
Yangiliklar
Di Kanio: "Bu ishi uchun MYU direktorlarini qamab qo'ygan bo'lardim"
Sobiq futbolchi Paolo Di Kanio yarim himoyachi Skott Maktominini sotib yuborilishida "Manchester Yunayted" rahbariyatini aybladi.
SHotlandiyalik futbolchi yozda 30 mln evro evaziga "Napoli"ga sotib yuborildi.
"Skott Maktominini sotib yuborgani uchun "Manchester Yunayted" rahbarlarini qamab qo'ygan bo'lardim. Qanday qilib bunday top-futbolchini 30 mlnga sotib yuborish mumkin? Ular nega bunday qilishdi? Umuman tushunmadim", - dedi Di Kanio.
Fikrlar