Di Franchesko “Roma” bosh murabbiyi etib tayinlandi
13 iyu 2017 22:49
Yangiliklar
47 yoshli italiyalik mutaxassis Eusebio Di Franchesko jamoa bilan 2019 yilgacha shartnoma imzoladi.
O'tgan yili ushbu murabbiy qo'l ostida “Sassuolo” klubi Liga Evropa yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Takidlash joizki, Di Francchesko futbolchilik faoliyatini to'rt yilini (1997-2001) aynan “Roma”da o'tkazgan edi.
“Roma”ga qaytishimdan baxtliman. Bu klub men uchun katta ahamiyatga ega. Menga ushbu imkoniyatni taqdim etgan jamoa prezidenti Pallotte va boshqa rahbarlardan minnatdorman.
Jamoa barcha kutayotgan natijani qayd etishi uchun bor kuchimni ayamayman” ,dedi Di Franchesko.
Fikrlar