Deyan Lovren: Yaxshisi kubokni darhol Braziliyaga berib qo'ya qolish kerak
13 iyu 2014 09:34
Yangiliklar
Deyan Lovren: Yaxshisi kubokni darhol Braziliyaga berib qo'ya qolish kerak
Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Deyan Lovren Braziliyaga qarshi kechgan o'yindan (1:3) so'ng hakam borasida o'z fikrlarini bildirdi.
– Nima ham deya olardim, yig'lagim kelayapti. Barcha ko'rdi. Bu FIFA uchun janjal. Biz hurmat borasida ko'p tashviqot ishlarini olib borayapmiz, yakunda nima bo'lmoqda? Yaxshisi Braziliyaga jahon kubogini darhol topshirib qo'yish kerak.
– Agar o'sha penalti bo'lmaganida, Braziliyani mag'lub eta olarmidinglar?
– O'ylashimcha biz yaxshi o'yin namoyish etdik, Braziliya bilan tengma-teng harakat qila olishimizni ko'rsatdik, ammo 12ta o'yinchiga qarshi emas. Biz tushkunlikka tushmoqchi emasmiz, guruhdan chiqishga urinamiz.
– Sizga nima uchun ogohlantirish ko'rsatildi?
– Hakamdan so'rang. Faqat u inglizcha gapira olmaydi. Jahon chempionatida ishlayotgan hakam inglizchani bilmagani to'g'rimi? - deydi Lovren.

Fikrlar