Deyan Lovren jarohat oldi

8 yanv 2019, 08:10
“Liverpul” futbolchisi Angliya kubogi 1/32 finali doirasida “Vulverxempton”ga qarshi o'tgan o'yinda jarohat oldi.

Lovren uchrashuvning 6-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rniga esa 16 yoshli Ki-Jana Xuver maydonga tushdi. Bu Xuver uchun “qizillar” tarkibidagi debyut o'yin bo'ldi. Niderlandiyalik futbolchi “Liverpul”ning Angliya kubogida maydonga tushgan tarixdagi eng yosh o'yinchisi bo'ldi.

Lovrenning jarohati haqida tibbiy tekshiruvlardan so'ng ma'lumot beriladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports