Florian Virtc ilk goli haqida nimalar dedi?
27 dek 2025 23:19
Yangiliklar
Florian Virtc ilk goli haqida nimalar dedi?
Germaniyalik futbolchi APLning 18-turida "Vulverxempton" darvozasini ishg'ol qildi.
"Muxlislarga to'la stadionda gol urish yoqimli holat. Juda xursandman.
Ertami kechmi gol urishimni bilardim. Gollar urish, paslar berishni oldinroq boshlashni istaganman, lekin barchasi kechikib ketdi. Shu ruhda davom etishni istayman.
Birinchi bo'limni juda zo'r o'tkazdik. Keyin tempni pasaytirdik, lekin tezda qaytib oldik. Futbolchilar o'yinga bor etiborini qaratishdi. So'nggi 20 daqiqada holatni qiyinlashtirishimiz mumkin edi. Nima sababdan bo'lganini tushunmayman, lekin buni yaxshilash kerak.
Biz shunday futbol o'ynashni istaymiz. APL turnir jadvalida yuqori bo'lishimiz kerak. Mavsum boshi biz uchun qiyin bo'ldi. Endi sekinlik bilan ochkolarni yig'yapmiz", - dedi Virtc.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar