Devid Moyes: “Manchester Yunayted” sovrin uchun kurashmoqchi”
19 dek 2013 10:30
Yangiliklar


Devid Moyes: “Manchester Yunayted” sovrin uchun kurashmoqchi”
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Devid Moyes, Angliya Kubogi chorak finali doirasida “Stok Siti” ustidan qozonilgan g'alabani (2:0) izohlab o'tdi.
“Yarim finalga chiqqanimizdan juda mamnunman, chunki biz sovrin uchun kurashmoqchimiz. Endi yarim finalga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Ob-havo nuqtai nazaridan oladigan bo'lsak, futbolchilarga bunday noqulay sharoitda o'ynash qiyin bo'ldi, ammo ular qiyinchiliklarni engib o'tishdi”, - deydi Devid Moyes.

Fikrlar